Buxgalteriya hisobi oldida pul mablagMari, toMovlar, hisob- kitoblar va kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:
- korxonaning pul mablagMarini samarali boshqarish maqsadlari uchun zarur axborot bilan ta’minlash;
-mazkur sharoitlami tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan holda naqd pulsiz o‘tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur toMovlar va hisob-kitoblami o‘z vaqtida amalga oshirish;
- hisob registrlarida to‘lov va hisob-kitob muomalalari pul mablagMarining mavjudligi hamda harakatini to‘liq va tezkor aks ettirish, zero korxona pul mablag‘larining harakati korxona amaliy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
- pul mablagMaridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
-pul mablagMari va o‘zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda oMkazish;
- kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar mavjudligi va butligini nazorat qilish;
- qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobga olish.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va berish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga asosan tashkil qilinadi va yuritiladi.
Kassa operatsiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar majmuasidir24.
Har bir xo‘jalik subyekti naqd pulda hisob-kitoblami amalga oshirish maqsadida o‘z kassasiga ega boiishi lozim. Naqd pul bilan hisob-kitoblami amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega boiishlari talab etilmaydi.
Kassa xonasi alohida ajratilgan boMishi, eshiklari esa operatsiyalami amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslarning ushbu xonaga kirishi man etiladi.
Xo‘jalik subyektidagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni tugaganidan so‘ng, kalit bilan qulflanadi va unga kassirning muhri bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |