Elec16mbk elektronika va sxemalar 1


Download 394.56 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2023
Hajmi394.56 Kb.
#1357177
  1   2   3   4
Bog'liq
3-MAVZU NAZARIY ELEKTRONIKA VA SXEMALAR-1-ELEC16MBK



ELEC16MBK


ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 1

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI




HISOB



1-MAVZU

Elektronika va sxemalar 1 faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.



Reja:


  1. Elektronika va sxemalar 1 fani haqida tushuncha

  2. Elektronikaning rivojlanish bosqichlari.

  3. Hozirgi zamon axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga elektronika sohasidagi yetuk olimlarning qo‘shgan hissalari.


Kalit so‘zlari:

  1. Tranzistor

  2. Mikrokontroller

  3. Reley

  4. Kondensator

  5. Diyod

  6. Ijtimoiy tarmoq

  7. Amplifikator

  8. Optik sensor

  9. Frekvens modulyator

  10. Darlik

  11. Elektr jadvallash uchun dastur

  12. Kalitli tizim boshqaruvchisi

  13. Elektronika shaxsiy kompyuterlar uchun

  14. Elektroshokka qarshi xavfsizlik uskunalari

  15. Birlashgan sxema loyixasi.


Elektronika va sxemalar 1 fani haqida tushuncha
Telekommunikatsiya tarmoqlarining texnik qurilmalarini yaratish, ishlatish uchun ushbu texnik vositalar orqali borayotgan jarayonni o‘rganish, ularni tashkil etgan elektr zanjirlarni taxlil qilish, elektr toki oqayotgan jarayon qaysi qonunlar asosida amalga oshirilishini bilish zarur bo‘ladi. Ushbu qonunlarning ko‘pchiligi “Elektr zanjirlar nazariyasi” (EZN) fani orqali o‘rganiladi. EZN fani o‘tgan asrning 60 yillarida alohida fan sifatida tashkil topgan.
O‘sha yilgacha umumiy fan sifatida “Elektrotexnika” fani o‘rganilib kelingan Keyinchalik telekommunikatsiya tarmoqlarida faoliyat olib boruvchi injener texnik hodimlar uchun murakkab elektr zanjirlar orqali oqib o‘tayotgan tok va kuchlanishning asosiy parametrlarini bilish va taxlil qilish asosiy o‘rin egalladi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ushbu fan orqali texnik qurilmalarda elektr toki orqali bo‘layotgan jarayonni o‘rganib boriladi. Texnik qurilmalarni tashkil etuvchi har qanday elektr zanjirlarni taxlil qilish uchun elektr zanjirlar nazariyasini o‘rganish kerak bo‘ladi.
Elektronika va sxemotexnika – elektronlarni elektr maydoni bilan ta’sirini va axborot uzatish, qayta ishlash va saqlashda qo‘llaniladigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan.
Elektronika, avvalambor inson jamiyatining axborotga bo‘lgan talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi texnika va texnologiyaning yangi turlarini yaratishga asoslangan va axborot vositalarining rivojlanishi bilan kuchli ravishda bog‘liq. Insonlar o‘rtasidagi axborot almashish qurilmalarining rivojlanish tarixi bir necha bosqichlardan iborat: xarakat va mimika, tovush, yozuv, kitob bosmasi, elektronika. Hozirgi kunda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlash qurilmalarining barchasi inson jamiyati tomonidan ishlatilmoqda. Axborot uzatishning yangi usuliga o‘tish doim jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarini keskin o‘sishiga olib kelgan. Elektronika uzoq masofalarga uzatilayotgan axborotning uzatish tezligi va hajmini keskin orttirdi. Elektronika rivojlanish jarayonida to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.

Download 394.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling