- 2. ELEKTROEROZION ISHLOV BERISH TURLARI
- Profillangan yoki profillanmagan elektrod – asbob bilan elektroerozion ishlov berish mumkin. Birinchi holda, uning o‘lchamlari va ishlov berilishi kerak bo‘lgan yuzaning shakli tayyorlanadigan detalning yuza o‘lchamlari va shakli asosida aniqlanadi. Ikkinchisida esa, elektrod – asbobning eng oddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan jismlar (sim, disk, o‘zak), ularning o‘lchamlari esa elektrod – detal o‘lchamlari bilan faqat qisman bog‘langan bo‘ladi. Elektroerozion usulda detalni shakllantirish uch xil sxemada amalga oshiriladi: 1) detal shaklini aks etuvchi elektrod – asbob shaklini nushalash. Detal shaklining aniqligi elektrod – asbobning tayyorlanish aniqligiga va uning eyilishiga bog‘liq; 2) elektrod – asbobning va yarim tayyor detalning ma’lum qonuniyat bo‘yicha harakatlanishi. Impulslar ta’siridagi metall eroziyasi hisobiga detalni shakllantirish amalga oshiriladi; 3) Har ikkala sxemaning o‘zaro birikkanligi. Elektrod – asbob va yarim tayyor detalni o‘zaro ma’lum qonuniyat asosida harakatlantirlib, murakkab shaklli detallarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Birinchi sxema keng tarqalgan bo‘lib, uning yordamida bajariladigan amallarni esa nusha ko‘chirish, ko‘chirish – tikish amallari deb ataladi.
Elektroerozion dastgohning elementlari. Elektroerozion dastgoh elektrodlarni o‘zaro mos joylashtirish, mahkamlash va nisbiy harakatlanishini, impuls generatoridan ta’minlanishi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, jarayonni kuzatish va ish suyuqligida razryadlar o‘tishi uchun sharoitlarni ta’minlashi kerak. Impuls generatori va boshqa elektron qurilmalar dastgohning staninasida yoki alohida agregatda dastgohga iloji boricha yaqinroqqa joylashtiriladi. Impuls generatori va elektrodlarni tutashtiruvchi elektr eanjir qisqarok qilinib ko‘p tomirli koaksial simlardan yasaladi. Ish suyuqligida elektr zaryadlarning o‘tishini ta’minlash uchun maxsus vannalardan foydalaniladi. Elektrod – asbobning harakatlanishi maxsus yuritma orqali amalga oshiriladi. Jarayonning ko‘rsatkichlari voltmetr va ampermetrlar yordamida nazorat qilinadi. Dastgohda elektr rejimini rostlash bilan bir qatorda elektrod – asbob harakatini rostlovchi avtomatik rostlagich ham qo‘llanilgan. Elektroerozion dastgohning funksional sxemasi chiqish signali bo‘yicha teskari bog‘lanishli avtomatik tizimni ifodalaydi 2-rasim - Elektroerozion dastgohning elementlari. Elektroerozion dastgoh elektrodlarni o‘zaro mos joylashtirish, mahkamlash va nisbiy harakatlanishini, impuls generatoridan ta’minlanishi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, jarayonni kuzatish va ish suyuqligida razryadlar o‘tishi uchun sharoitlarni ta’minlashi kerak. Impuls generatori va boshqa elektron qurilmalar dastgohning staninasida yoki alohida agregatda dastgohga iloji boricha yaqinroqqa joylashtiriladi. Impuls generatori va elektrodlarni tutashtiruvchi elektr eanjir qisqarok qilinib ko‘p tomirli koaksial simlardan yasaladi. Ish suyuqligida elektr zaryadlarning o‘tishini ta’minlash uchun maxsus vannalardan foydalaniladi. Elektrod – asbobning harakatlanishi maxsus yuritma orqali amalga oshiriladi. Jarayonning ko‘rsatkichlari voltmetr va ampermetrlar yordamida nazorat qilinadi. Dastgohda elektr rejimini rostlash bilan bir qatorda elektrod – asbob harakatini rostlovchi avtomatik rostlagich ham qo‘llanilgan. Elektroerozion dastgohning funksional sxemasi chiqish signali bo‘yicha teskari bog‘lanishli avtomatik tizimni ifodalaydi 2-rasim
Do'stlaringiz bilan baham: |