Multimetr- kuchlanishni (o’zgarmas va o’zgaruvchan), tokni (o’zgarmas va o’zgaruvchan), qarshilikni va kuchlanish nisbatini dessibillarda o’lchash imkonini beradi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali quyida tasvirlangan qiymatlar oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan tokning turi va zarur fizik kattaliklari o`rnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy ko`rinishi keltirilgan.
T
ok va kuchlanishni o’lchash uchun multimetr qisqichlari voltmeter va ampermetr kabi ulanadi. Qarshilikni o’lchash uchun multimetr qisqichlari o’lchanishi zarur bo’lgan zanjir qismiga parallel holatda ulanadi. O’lchashni amalga oshirish uchun multimetrni o’zgarmas tokka o`tkazing va tugmasi o`rnatilgach qo`shish tugmasini bosing. O’lchash xatosiz bajarilishi uchun zanjir yerga ulanadi hamda energiya manbalari uzib qo`yiladi.
Kuchlanish nisbatini dessibillarda o’lchash uchun multimetrning dB tugmasini bosing. Multimetr qisqichlari aniqlanadigan nuqtalarga nisbatan biriktiriladi.
Multimetr parametrlari kattaliklarini o`rnatish uchun SETTINGS tugmasini bosing. Multimetr parametrlari tekshiriladigan sxemaga kam ta’sir etishiga e’tibor qaratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |