Electronics workbench dasturi
Download 146 Kb.
|
Electronics workbench dasturi
Osillograf. Electronics Workbench osillografi saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lgan uzluksiz ikki nurli bo’lib oddiy va kengaytirilgan holatlarga ega. Osillografning kengaytirilgan varianti eng yaxshi raqamli saqlab qoluvchi haqiqiy osillografga yaqinlashtirilgan. Sichqoncha tugmasini ikki marta bosish orqali osillografning oddiy holati paydo bo’ladi.
Osillografning to`rtta ulash qisqichi mavjud bo’lib, pastgi o`ng va chap qisqichlar А (channel А) va В (channel В) kanallarning kirish qismi hisoblanadi. O`ng tomondagi yuqorigi qisqich umumiy qisqich deb ataladi. Chunki osillograf o`lchayotgan nuqta kuchlanishi bu qism potensialiga nisbatan olinadi. Odatda bu qism yerga ulab qo`yiladi, chunki osillograf kuchlanishni nolga nisbatan olishi zarur. Shu sababli osillograf bu qisqichi «ground». deb belgilangan. Menyuning Circuit punktida Analysis Options qismiga kirib Time domain points per cycle qatori orqali otsillogrifning hisoblash nuqtalarini kengaytirish mumkin. Odatda bu nuqtalar soni 100 bo’ladi. Huddi shi yo`l bilan Pause after each screen holatini o’rnatish orqali osillogramma tahlilini yengillatish mumkin. Bunda osillografning ishi uning nuri ekrani oynasini to`liq egallagach to`xtaydi. Osillograf ishini davom ettirish uchun Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi yoki F9 tugmasi bosiladi. Osillograf ishini istalgan holatda to`xtatish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Circuit punktidan Pause (Pauza) holati tanlanadi. Osillograf ishini qayta davom ettirish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi. Oddiy holatdan kengaytirilgan holatga o`tish uchun ZOOM tugmasi bosiladi. Download 146 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling