Electronics workbench dasturi


TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI


Download 0.77 Mb.
bet6/8
Sana18.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1099962
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1- laborotoriya RQLK

TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI.
Mustaqil ish boshlashdan oldin talabalar texnika xavfsizligi qoidalari bilan puxta tanishishlari va keyinchalik ham ularga qat'iy amal qilishlari lozim.
Tajriba mashg’ulotlarini bajarihlari uchun talabalar quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur.
1. Birinchi tajriba mashg'ulotida har bir talabaga butun o’quv yarim yilligi (semestri) davomida bajariladigan ishlarning aniq muddati belgilangan jadval beriladi.
2. Tajriba xonasiga talabalar navbatdagi mashg'ulot ishlariga puxta tayyorgarlik ko'rgan holda kelishlari, ya'ni qilinadigan ishning mazmuni va maqsadi, bajarish tartibini bilgan holda, sxemalarni tuzish va ko'zatuv natijalarini yozib olish uchun ham oldindan hozirlik ko'rgan bo’lishlari lozim.
3. O'qituvchi har bir tajriba ishiga kirishishdan oldin uning mazmuni va bajarish tartibi bo'yicha talabalarning tayyorgarlik darajasini birma-bir so'rab-surishtirib chiqishi kerak. Mashg'ulotga tayyorlanmagan yoki darsga kechikkan talabalar amaliy ishga quyilmaydi.
4. Tajriba xonasida tajriba ishi mashg'ulotlari belgilangan maxsus joylarda, alohida ajratilgan asbob va qo'rilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ish joyidagi asbob uskunalar o'rnini ruxsatsit o'zgartirish qat'iyan man etiladi.
5. Talabalar bajariladigan amaliy ishining sxemalarini yig'ishdan oldin qo'llaniladigan asbob va qurilmalarni ishlatish tartibini ko'rsatuvchi qo'llanmalar bilan tanishishlari kerak. Tajriba ishlarini bajarishda qo'llanilgan asbob-uskunalarning texnik tavsifini daftarga qayd etishlari lozim. Bulardan tashqari ular daftariga amaliy ishini bajarish uchun kerak bo`lgan asosiy sxemalarni chizib, o'lchash natijalarini yozish va hisoblash uchun zarur bo'lgan jadvallarni ham hozirlab qo'yishlari kerak. Talabalar tajriba ishlarini bajarishlari uchun zarur hisob-kitoblarni tavsiya qilingan adabiyotlardan, shuningdek o'qituvchidan olingan ma'lumotlar asosida oldindan hisoblab chamalab -qo'yishlari lozim.
6. Sxemalar o'qituvchi tomonidan tekshirilib, uni to'g'ri ekanligi takidlangandan keyingina, ularni yig'ishga kirishish kerak.
7. Talaba tajriba ishini tugatgach, bajargan ish natijalari-yozilgan daftarni o'qituvchiga ko'rsatishi va qayd etilgan ma'lumotlarning to'g'ri ekanligi haqida tasdiq oladi.
8. Har bir talaba navbatdagi mashg'ulotga kelganda o'tgan tajriba ishi bo`yicha yozma ravishda hisobot tuzib, uni qoidasi bilan rasmiylashtiradi, so'ngra uni o'qituvchisiga ko'rsatadi. Hisobot to'g'ri bajarilganligi tasdiqlangandan keyin talaba sinov savollariga javob beradi.
9. Talabalarning tajriba ishlari bo'yicha tayyorlagan hisobotlarida ishning qisqacha bajarilish tartibi, asbob-uskunalarni ulash sxemalari, ish natijalari yozilgan jadvallar, vektor diagrammalar va qo`llanilgan o`lchash asboblari hamda uskunalarining qo'llanma ko'rsatkichlari kabi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak.
10. Ushbu qoidalarni buzgan talabalar tajriba mashg’ulotidan chetlashtiriladi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling