Electronics workbench dasturi
Download 0.77 Mb.
|
1- laborotoriya RQLK
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIR NECHTA E.YU.K.LI ELEKTR ZANJIRLARINI TEKSHIRISH
- Elektronics Workbench dastrurini o`rnatish
1.1–jadval
1.2– jadval
1.3– jadval
1.4– jadval
1. Parallel ulangan uchta lampaning umumiy ekvivalent qarshiligi ampermetr va voltmetr usuli bo`yicha qanday aniqlanadi ? Parallel ulashda hisobiy qarshilik qanday aniqlanadi ? Kirxgofning birinchi qonuni qanday ifodalanadi ? Kirxgofning ikkinchi qonuni qanday ifodalanadi ? Ketma-ket ulashda hisobiy qarshilik qanday aniqlanadi ? Aralash ulashda hisobiy qarshilik qanday aniqlanadi? BIR NECHTA E.YU.K.LI ELEKTR ZANJIRLARINI TEKSHIRISH 1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad 1.Bir nechta EYUKli elektr zanjirlarini tekshirish va ularni hisoblashni o`rganish. 2. Potensial diagramma qurishni o`rganish. 3. Tajribada ustma-ustlash usulida toklarni hisoblashni tekshirish. 2. Tajriba ishini tushuntirish Elektr zanjirlari tarmoqlanmagan va tarmoqlangan zanjirlarga bo`linadi. 2.1.a-rasmda oddiy tarmoqlanmagan elektr zanjiri tasvirlangan. Ushbu sxemaning hamma elementlaridan bir xil tok oqadi, chunki bu elementlar ketma-ket ulangan. Oddiy tarmoqlangan elektr zanjiri 2.1. b-rasmda ko`rsatilgan. Bu sxema ikkita tugun va uchta tarmoqdan iborat. Sxemaning har bir tarmog’ida o`zining toki oqadi. Bunday sxemalarda toklarni va potensiallar farqini hisoblash Om va Kirxgof qonunlariga asoslangan holda bajariladi. Potensial diagramma deganda, yopiq kontur yoki zanjirni ma'lum bir qismi bo`ylab potensialning taqsimlanish grafigi tushuniladi. Grafikning absissa o`qiga zanjir ketma-ket qismlarining ketma-ketligi tartibi bo`yicha qarshiligi qo`yiladi va shu tartibda ordinata o`qiga zanjir nuqtalarining potensiallari qo`yiladi. Potensialni aniqlash uchun odatda boshlang’ich nuqtaning potensiali nol deb olinadi (shu nuqta yerga ulangan deb faraz qilinadi). Ustma-ustlash usulida chiziqli elektr zanjirini hisoblashda quyidagicha foydalaniladi: Oldin bitta EYUK hosil qiladigan tarmoqlardagi toklar alohida hisoblanadi, keyin esa har bir EYUK hosil qiladigan xususiy toklar hisoblanadi. Qoldirilgan EYUKdan boshqa EYUKlarni ichki qarshiligi sxemada qoldirilib (qisqa tutashtirilib) o`zlari sxemadan uzoqlashtiriladi. Tarmoqlardagi haqiqiy toklar alohida topilgan xususiy toklarni algebraik qo`shish orqali aniqlanadi. 3. Tajriba ishini bajarish tartibi 1. Kompyuterda “Elektronics Workbench” dasturiy paketi ishga tushuriladi. 2. Bir nechta EYUKli tarmoqlanmagan zanjirni o`rganish. Buning uchun 2.2-rasmda tasvirlangan elektr sxemasi yig’iladi. 3. Oldin ampermetr orqali qarshiliklar ixtiyoriy qiymatda tok o`lchanadi. 4. Har bir EYUK manbasi kattaligi yozib olinadi. 5. Voltmetr yordamida har bir qarshilikdagi kuchlanishlar tushuvi aniqlanadi. 6. Boshlangih nuqtaga nisbatan qolgan 6 nuqta uchun alohida-alohida potensiallar farqi o’lchab olinadi. 2.2-rasm. 7. EYUK manbalari mos ulangan holda o`lchashlar bajariladi va bitta EYUK sxemadan uzoqlashtirilgan holda o`lchashlar davom ettiriladi va natijalar 2.1-jadvalga yoziladi. Olingan o`lchashlar asosida toklarning hisobiy qiymatlari topiladi va tajriba natijalari bilan solishtiriladi. 2.1-jadval
2.2-jadval
Hisoblash va tajriba natijalariga tayanib quyidagi xulosalar chiqariladi: -tajriba va hisoblashlar natijalarini bir-biridan farq qilish sabablari; -tarmoqlanmagan zanjirga berilgan EYUK bilan alohida EYUKlarning kattaligini va yo`nalishi orasidagi munosabatlar; -zanjirdagi EYUKlarning yigindisi bilan zanjir qismlari kuchlanishlar tushuvlari orasidagi munosabatlar. 8. Ustma-ustlash usuliga asoslanib bir nechta EYUKli tarmoqlangan elektr zanjirlarini tajribada tekshirish. Buning uchun 2.3-rasmda tasvirlangan elektr sxemasi yig’ilsin. Asboblarning ko`rsatishi asosida barcha tarmoqlardagi toklar aniqlansin. Elektr zanjirida E1 EYUK hosil qiluvchi E2 EYUK uzilgan holda hususiy toklar aniqlansin (2.4-rasmdagi sxema). Bu paytda R1, R2, R3 qarshiliklarning kattaligi 2.3-rasmdagi R1, R2, R3 qarshiliklar bilan bir xil bo`lishi kerak. Elektr zanjirida E2 EYUK hosil qiluvchi E1 EYUK uzilgan holda xususiy toklar aniqlansin (2.5-rasm). 2.3-rasm. Boshlang’ich tarmoqlangan elektr zanjiri sxemasi. Boshlangich sxemaning toki xususiy sxemalarda aniqlangan toklar asosida topilsin. Tajribada va hisoblash natijalari jadvallarda qayd etilsin. Xatoliklar baholansin. Hamma tajribalarda K tugun uchun toklar balanishi tekshirilsin. 2.4-rasm. E1 EYUKli xususiy sxema. 2.5-rasm.E2 EYUKli xususiy sxema. Tajriba natijalariga asoslanib quyidagi xulosalar chiqarilsin: - Umumiy tok bilan tarmoqdagi toklar orasidagi munosabat; - Boshlang’ich sxemadagi toklar bilan ustma-ustlash usuli bilan hisoblangan toklar orasidagi farq sabablari; Ustma-ustlash usuli faqat chiziqli zanjirlar uchun o`rinli ekanligi haqida ma'lumot. 2.3-jadval.
2.4-jadval.
Potensial diagramma qurish 1. 2.2-rasmdagi elektr zanjiri uchun EYUK manbalarining ichki qarshiliklarini hisobga olmasdan sxemadagi barcha nuqtalarning potensiallari hisoblansin. Elektr zanjirining barcha nuqtalarininig voltmetr yordamida o`lchangan potensiallari hisoblash natijalari bilan solishtirilsin. Tajriba va hisoblash natijalari jalvallarda ko`rsatilsin. Ikkala kuzatish bo`yicha potensial diagramma qurilsin va potensial diagrammaning amaliy ahamiyati bo`yicha xulosa chiqarilsin. Tekshiruv savollari 1. Tarmoqlangan va tarmoqlanmagan elektr zanjirlari haqida tushuncha bering? 2. EYUK bo`lgan holda zanjirning bir qismi uchun Om qonuni qanday ifodalanadi 3. EYUK manbalarini ketma-ket qo`shish qoidalarini aytib bering ? 4. EYUK manbalarini qarama-qarshi ulash tushunchalarini aytib bering ? 5. Potentsial diagramma deganda nimani tushunasiz ? 6. Ustma-ustlash usulini tushuntiring ? 7. Ustma-ustlash usulida elektr zanjirlarini hisoblash tartibi qanday ? Elektronics Workbench dastrurini o`rnatish Bu yerda dasturni o`rnatish uchun programaga kirdik Bu dastur haqida malumotlar keltirilgan bular bilan tanishib chiqdim. Ogohlantrishlarni ko’rdim va keyingi bosqichga o`tdim Bu yerda dasturni qayerdsa joylashishini bildim. Dasturni qaysi nom ostida ko`rsatilishin ko`rdim hohlamasam keltirilga nomlar bilan belgilashim mumkin edi. Shu bilan o`rnatish ishi yakunlandi . Dastur ko`rsatilgan xotira maydoniga yuborilayapdi. Dastur ishlashni boshladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling