Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi


Edit/Copy Ajratilgan komponentlarning nusxasini almashtirish buferiga olish. Edit/Paste


Download 1.11 Mb.
bet4/11
Sana23.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1112326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi

Edit/Copy
Ajratilgan komponentlarning nusxasini almashtirish buferiga olish.
Edit/Paste
Almashtirish buferiga olingan komponentlarning nusxalarini aktiv oynaga qo’yish.
Edit/Delete
Ajratilgan komponentni yo’qotish. Ushbu komanda yordamida yo’qotilgan informatsiya qayta tiklanmaydi.
Edit/Select All
Aktiv oynadagi hamma elementlarni ajratish. Agar asbob ajratilgan elementlarning bir qismi bo’lsa Edit/Copy va Edit/Paste komandalari ishlamaydi. SHuning uchun bir necha elementdan tashqari hamma elementlarni tanlash kerak bo’lsa avval Select All komandasi bajariladi, keyin CTRL klavishasi bosilgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosib ortiqcha elementlardan ajratilish olib tashlanadi.
Edit/Copy as Bitmap
Rastrli tasvirning nusxasini almashtirish buferiga olish. Keyin ushbu tasvirdan matnli protsessorlarda yoki tasvirlarni qayta ishlash dasturlarida foydalanish mumkin.
Rastrli tasvirning nusxasini olish uchun quyidagi amallar bajariladi:
a) Edit/Copy as Bitmap tanlanadi (kursor crosshair ga o’zgaradi);
b) sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda nusxasi olinadigan elementlarning hammasi belgilanadi.
v) sichqonchaning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.
Edit/Show Clipboard
Almashtirish buferini aks ettirish.


Sxemalarni tuzish
1-bosqich. Asboblar panelidan elementlarni ishchi sohaga o’tkazish va ularni joylashtirish. Buning uchun element tasvirining ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va zarur element ishchi sohaga surib o’tkaziladi.
2-bosqich. Elementlarni o’zaro ulash. Buning uchun:
• Sichqonchaning kursori elementning chiqishiga kontaktning qora nuqtasi paydo bo’ladigan qilib yaqinlashtiriladi;

• Sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va bosilgan holatda bog`lanish hosil qilinishi kerak bo’lgan elementning chiqishida qora nuqta hosil bo’lguncha suriladi;

• Sichqonchaning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling