Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi


Download 1.11 Mb.
bet9/11
Sana23.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1112326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi

Nazorat-o’lchov asboblari Electronics Workbench dasturiy kompleksining Instruments panelida quyidagi ettita asbobni o’z ichiga oladi:
1) multimetr;
2) ostsillograf;
3) funktsional generator;
4) ACHX va FCHXlarning o’lchagichi;
5) mantiqiy signallar generatori;
6) 16-kanalli mantiqiy signallarning analizatori;
7) mantiqiy o’zgartkich.
Asbobning tasvirida sichqonchaning chap tugmasini to’xtovsiz ikki marta bosib asbobning kattalashtirilgan oynasi hosil qilinadi. Unda asbobning parametrlari sozlanadi.

2.12-rasm. Multimetr (Multimeter)
Multimetr (Multimeter) (2.12-rasm) tok va kuchlanishning o’rtacha kvadratik (ta`sir qiluvchi yoki effektiv) qiymatlarini va qarshiliklarni o’lchash uchun mo’ljallangan. O’lchash rejimi mos knopkani bosish yo’li bilan tanlanadi. Kuchlanishni detsibellarda o’lchash uchun dV knopkasi bosiladi. Bunda multimetr α=20Ig(|X|) formula bilan aniqlanuvchi (X-o’lchanayotgan kattalik) α koeffitsientni ko’rsatadi.
Multimetrning oldingi panelida (2.13-rasm) o’lchash natijalarini aks ettiruvchi displey, sxemaga ulash uchun klemmalar va boshqarish knopkalari joylashgan.

2.13-rasm. Multimetrning paneli
Setting knopkasi bosilsa multimetr panelida dialog oynasi ochiladi (2.14-rasm, b), unda quyidagi belgilanishlar mavjud:
- Ammer resistance —ampermetrning ichki qarshiligi;
- Voltmeter resistance —voltmetrning kirish qarshiligi;
- Ohmmeter current — nazorat qilinayotgan ob`ektdan o’tayotgan tok;
- Decibel standard — kuchaytirish va pasaytirishni detsibellarda o’lchash uchun V1etalon kuchlanishni o’rnatish (sukut bo’yicha V1=1V).
Bunda uzatish koeffitsienti uchun

formuladan foydalaniladi, formulada V2 — nazorat qilinayotgan nuqtadagi kuchlanish.

2.14-rasm. Voltmetr va ampermetr
O’zgarmas va garmonik tok va kuchlanishlarni o’lchash uchun multimetrdan tashqari voltmetr va ampermetrlardan (2.15-rasm) foydalanish mumkin. Ular Indicators bo’limida joylashgan.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling