Elekronika va sxemalar
Kirxgof qonunlarini qo‘llash usuli
Download 322.85 Kb.
|
2-mustaqil ish elekronika va sxemalar
Kirxgof qonunlarini qo‘llash usuliBu usulga ko‘ra, hamma tarmoqlar soni t va tugunlar soni t1 bilan belgilab olinadi. Tok manbasi bor tarmoqlar soni tt bilan belgilanadi. Tenglama tuzishdan oldin: 1. Toklarning shartli musbat yo‘nalishlarini tanlab sxemada belgilab chiqiladi. 2. Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan tenglama tuzish uchun kontur bo‘ylab shartli musbat yo‘nalish belgilab olinadi. So‘ngra Kirxgofning birinchi qonuniga binoan tugunlar sonidan bitta kam, ikkinchi qonunga binoan (т-тт)-(т1-1)=т-тт-т1+1 ta tenglama tuziladi. Tuzilgan tenglamalar birgalikda yechilib tarmoq toklari aniqlanadi. Misol. 6.1-rasmdagi sxema uchun yuqoridagi usulga binoan tenglama tuzamiz. Sxemada т=3 тт=0 т1=2. Demak, birinchi qonunga binoan bitta tenglama tuziladi: I1+I2=I3 . (6.4) Ikkinchi qonunga binoan (т-тт)-(т1-1)=(3-0)-(2-1)=2 ta tenglama tuzilar ekan. Konturning musbat yo‘nalishini soat strelkasi bo‘ylab deb qabul qilamiz: R1E1R2E2 kontur uchun I1R1- I2R2=E1+E2. (6.5) E2R2R3R4 kontur uchun I2R2+I3(R3+R4)=-E2 . (6.6) Bu tenglamalarni birgalikda yechib I1, I2, I3 tarmoq toklari topiladi. Kontur toklar usuli 6.2 – rasm. Bu usulda zanjir-ning har bir berk kon-turining o‘z toki mavjud deb faraz qilinadi. Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan, kon-tur toklaridan foydala-nib tenglamalar tuzila-di. Hisoblab topilgan kontur toklari asosida tarmoq toklarining qiy-mati aniqlanadi. 6.2-rasmda ko‘rsatilgan sxema uchun kontur toklari usulini qo‘llaymiz. I11 ва I22 bilan kontur toklarini belgilaymiz. Birinchi kontur uchun (R1+R2)I11+R5(I11-I22)=E1+E5, yoki (R1+R2+R5)I11-R5I22=E1+E5 . Ikkinchi kontur uchun (R3+R4)I22+R5(I22-I11)=-E5-E4, yoki -R5 I11+(R3+R4+R5)I22=-E5-E4 . Bu tenglamalarni quyidagicha yozamiz: (6.7) bu yerda (6.7) tenglamalar sistemasi hisoblanib topilgan kontur toklari asosida tarmoq toklari aniqlanadi. Zanjirning konturlar soni qancha bo‘lsa, tuziladigan tenglamalar ham shuncha bo‘ladi. Ustlash usuli Ushbu usulda asosan sxemada birdan ortiq EYK manbalari bo‘lsa, elektr zanjiri har bir EYK manbaining ta’siridan hosil bo‘lgan xususiy toklar uchun alohida (bosqichma-bosqich) hisoblanadi. Har bir bosqichda sxemada bitta EYK manbai qoldirilib, qolgan barcha manbalar vaqtincha nolga teng deb faraz qilinadi va barcha tarmoklarda shu EYK ta’sirida oqayotgan toklar topiladi. Zanjirda nechta EYK manbai bo‘lsa, hisoblash ishlari shuncha marta bajariladi. Ammo zanjirdagi barcha qarshiliklar va sxemadan vaqtincha ajratilgan manbalarning ichki qarshiliklari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Agar manbalarning ichki qarshiliklari berilmagan bo‘lsa, u nolga teng deb qabul qilinadi. Agar biror murakkab elektr zanjiri m ta EYK manbaidan va n ta tarmoqdan tashkil topgan bo‘lsa, u holda k - nomerli ixtiyoriy tarmoqning Rk qarshiligidan sxemadagi har bir EYK ta’siridan hosil bo‘lgan kabi turli qiymat va yo‘nalishlarga ega bo‘lgan xususiy toklar oqib o‘tadi. Tarmoqlardan oqib o‘tayotgan toklarning haqiqiy qiymatlari ayrim manbalar ta’sirida hosil bo‘lgan xususiy toklarning algebraik yig‘indisiga teng . (6.8) Download 322.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling