Elektir yoyli polat eritish pechi Reja: Elektr-yoyli po‘lat eritish pechining konstruksiyasi. Elektr-yoyli po‘lat eritish pechining asosiy issiqlik manbasi. Elektr-yoyli po‘lat eritish pechining ishlash prinsiplari
Download 447.42 Kb.
|
Презентация2
Doimiy tokda ishlovchi pechlarning eng katta kamchiligi doimiy tok olinishi bilan bog‘liq va tok o‘zgartiruvchiga bo‘lgan katta kapital harajat bilan bog‘liq. Ushbu kamchilikni kompensatsiyalash uchun maxsus yarim o‘tkazgichli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu kamchilikni kompensatsiyalash uchun maxsus yarimo‘tkazgichli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bilvosita ishlovchi pechlarning kamchiliklariga YOPEP da ishlatiladigan 350-610 mm diametrli elektrodlarning o‘rniga narxi qimmat bo‘lgan katta diametrli (700-750 mm) elektrodlarni ishlatishni va tubdagi elektrodlarning etarlicha ishochlimasligini ko‘rsatish mumkin. Hozirgi vaqtda metallurgiya zavodlarida o‘zgaruvchan tokda ishlovchi pechlar keng tarqalgan bo‘lib, doimiy tokda ishlovchi pechlarning ulushi ortib bormoqda.
YOPEP ning ishlash prinsipi quyidagicha. Shixta materiallari pech tubiga yuqoridan ochiluvchi ishchi maydoni orqali tubi ochiluvchi badya (savat) yordamida yuklanadi. Bundan keyin pechning qubbasi chashka shaklidagi vannaga suriladi. Elektrodlar shixta bilan qisqa tutashuv hosil bo‘lguncha qubbadagi teshiklar orqali tushiriladi va elektr yoylari yondiriladi. Eritish va qizdirish elektrodlar orasida hosil bo‘lgan suyuq metall yoki metallik shixta orqali elektr yoylari issiqligi hisobiga amalga oshiriladi. Pechda shixta eritilgandan keyin pechda suyuq metall va shlak qatlami hosil bo‘ladi. Suyuq po‘latga nordonlashtiruvchi va legirovchi qo‘shimchalarni qo‘shish yo‘li bilan kerakli tarkibli po‘lat olinadi. Tayyor po‘lat va shlak ishchi maydonni aylantirib, to‘kish jelobi orqali chiqariladi.
Download 447.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling