Elektir yoyli polat eritish pechi Reja: Elektr-yoyli po‘lat eritish pechining konstruksiyasi. Elektr-yoyli po‘lat eritish pechining asosiy issiqlik manbasi. Elektr-yoyli po‘lat eritish pechining ishlash prinsiplari
Download 447.42 Kb.
|
Презентация2
To‘siq bilan yopiladigan ishchi oyna eritish jarayonini nazorat qilish, tubni ta’mirlash, materiallarni yuklash va shlakni vaqti-vaqti bilan to‘kib olish (oksidlash davrida) uchun mo‘ljallangan. To‘kib olish vaqtida suyuq po‘latning harorati 120-150oC ga likvidus g‘aroratidan yuqori bo‘ladi va 1550-1650oC ni tashkil qiladi. Eritish vatida 4 ta davr farqlanadi: 1 – pechni eritishga tayyorlash (20-40 minut). Tubning eyilgan joylarini to‘g‘irlash, magnezitli kukun bilan to‘ldirish, shixtani yuklash; 2 – eritish davri (70-180 minut). Maksimal elektr quvvatning kiritilishi. Shixtani qizdirish va eritish; kremniy, marganets, uglerod va temirning havo kislorodi bilan oksidlanishi, okalina hisobiga shlakning shakllanishi. Alohida devorlarga yoki qubbada o‘rnatilgan gazkislorodli gorelkalarni qo‘llash qattiq shixtani eritishni tezlashtirish uchun qo‘llash mumkin.
Suyuq metallni kislorod bilan purkashni qo‘llash erimay qolgan shixta qoldiqlarini eritish jarayonini tezlashtirish uchun qo‘llaniladi. Metalldagi fosforning asosiy massasi asosli temir shlaki mavjudligi hisobiga yo‘qotiladi; 3 – oksidlovchi davr (30-90 minut). Pechdan fosforni yo‘qotish uchun shlakning asosiy massasini to‘kib olish; shlak hosil qiluvchi qo‘shimchalarni qo‘shib (ohaktosh va b.) cho‘ktirish; rudani uglerodni faol oksidlash uchun cho‘ktirish, “qaynash” effektini olish va shu vaqtning o‘zida metall defosfatsiyasi va vodorod hamda azotning CO pufaklari bilan yo‘qotish amalga oshadi; ko‘piklangan shlakni davriy to‘kish; metallni chiqish haroratigacha qizdirish; tiklash jarayonida fosforni shlakdan metallga o‘tishining oldini olish uchun oksidlangan shlakni to‘liq to‘kish; 4 – tiklash davri (40-120 minut).
Download 447.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling