Xulosa
Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi.
Kirxgofning 1- va 2- qonunlari elektr zanjirlarni tahlil qilishda asosiy qonunlar hisoblanadi. Biz ushbu ikkita qonun va alohida zanjir elementlari (rezistor, kondensator, induktiv gʻaltak)ning tenglamalari bilan zanjirlarni tahlil qilishni boshlashda zarur boʻlgan asosiy qurollar jamlanmasiga ega boʻlamiz.
Ushbu qonuni toʻliq tushunish uchun siz tugun, taqsimlangan tugun, tarmoq va kontur kabi terminlar bilan tanish boʻlishingiz kerak.
Endi quyidagi misollarni ishlash uchun qoʻlingizga ruchka va qog‘oz olishingizga toʻgʻri keladi.
Tugun potensiallari usulli
Tugunlar soni bog‘liq bo‘lmagan konturlar sonidan kichik bo‘lgan hollarda
tuguniy kuchlanishlar usulidan foydalanamiz.
Ta’rif: Tuguniy kuchlanishlar deb, q –1 dona tugunning harbiri va bitta
belgilangan (0 indeksli) tayanch, ammo ixtiyoriy ravishda tanlab olingan tugun
o‘rtasidagi kuchlanishlarga aytiladi.
Bunda U K0 tuguniy kuchlanish k–tugundagi (k=1,2,3,…,q–1) tayanch tugunga
qarab musbat yo‘nalishga ega. q –1 dona izlanayotgan tuguniy kuchlanishlarni
aniqlab tugunlarning istalgan juftligi o‘rtasidagi kuchlanishlarni va zanjir
shaxobchalaridagi toklarni topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |