Elektr energetika kafedrasi elektr mashinalari
Download 32.44 Kb.
|
Elektr mashinalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI ENERGO MEXANIKA FAKULTETI ELEKTR ENERGETIKA KAFEDRASI Elektr mashinalari FANIDAN MUSTAQIL ISHI Guruh: 5A-20 EE Bajardi: Roziqov.J Tekshirdi:__________ O`quv yili-2022 Mavzu: Asinxron mashinaning generator va tormoz rejimlari Reja: 1. Asinxron mashina. 2. Asinxron mashinaning generator rejimi. 3. Asinxron mashinaning tormoz rejimi. ASINXRON ELEKTR MASHINA — rotorining aylanish chastotasi statorining magnit maydoni aylanish chastotasiga mos kelmaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi. Asosiy qismlari: staninaga oʻrnatilgan poʻlat oʻzak va oʻzakka oʻralgan chulgʻamlardan iborat stator hamda oʻqqa oʻrnatilgan va ariqchalariga chulgʻamlar joylashtirilgan poʻlat oʻzakdan iborat rotor. Rotor oʻzagi ham, stator oʻzagi ham poʻlat plastinalardan yigʻiladi. Chulgʻamlarning bir-biriga oʻzaro ulanishi va manbadan tok bilan taʼminlanishi usuliga koʻra stator bir, ikki, uch va koʻp fazali qilib tayyorlanishi mumkin. Uch va koʻp fazali chulgʻamlar oʻzaro yulduzcha, uchburchak va koʻpburchak shaklida ulanadi. Chulgʻamlarining tayyorlanishiga koʻra, rotor qisqa tutashtirilgan va fazarotorli xillarga boʻlinadi. Stator bilan rotor orasidagi havo tirqishi iloji boricha kichik (0,025 mm gacha) qilinadi. Asinxron elektr mashina rotorining aylanish chastotasi stator magnit maydonining aylanish chastotasiga bogʻliq boʻladi va isteʼmol qilinadigan tok chastotasi hamda mashinaning juft qutblar soni bilan aniqlanadi. Sirpanish (siljish) qiymatiga qarab, Asinxron elektr mashinani asinxron elektr dvigatel va asinxron generator sifatida ishlatish mumkin. Mashina asosan ikki qismdan, qo`zg‘almas stator va qo`zg‘aluvchan qismi rotordan iborat. Statorning uzagi elеktrotеxnik po‘lat listlardan tayyorlanadi va staninada prеsslanadi.Rasmda stator o`zagi ko`rsatilgan. Stanina (1) quyma magnitlanmaydigan matеrialdan tayyorlanadi. Odatda stanina chuyan yoki alyumindan tayyorlanadi. Varaqlarning ichki yuzasi (2) ariqchalari bulgan stator uzagi tayyorlanib, unga uch fazali chulg‘am (3) joylashtiriladi. Statorning cho‘lg‘ami kundalang kеsim yuzasi aylana yoki tug‘ri burchakli shaklda bo‘lgan izolasiyalangan alyumin (aksariyat hollarda) simdan tayyorlanadi. Asinxron mashina, boshqa elektr mashinalari kabi, E. Lens kashf qilgan elektr mashinalarining qaytarlik xossasiga binoan, motor rejimida hamda generator rejimida ishlashi mumkin. Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha asinxron generator asinxron motordan farq kilmaydi. Motor rejimidan generator rejimiga o‘tkazish uchun, stator chulg‘ami tarmoqqa ulangan holda birlamchi motor yordamida asinxron mashinaning rotorini stator maydonining aylanayotgan tomoniga aylanish chastotasini maydon aylanish chastotasidan katta (n > n,) qilib aylantiriladi. Bu holda mashinaning sirpanishi: (-s) = (n, - n) / n manfiy ishoraga ega bo‘ladi. Amalda asinxron generatorning normal ish rejimida (-s) < (6 - 8) % boladi. Asinxron mashina generator rejimda stator va rotor chulg‘amining o‘tkazgichlari aylanma maydon bilan go‘yo qarama-qarshi yo'nalishda kesishadilar. Motor rejimda mazkur o‘tkazgichlar mos yo‘nalishda kesishadilar. 1.Elektr yoritish A.G.Saidxo`djayev 2.Elektr yoritish va elektrtexnalogiya N.T.Toshpo`latov 3.www.google.com platformasi 4.www. Wikipedia.org sayti Download 32.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling