Elektr energetika tiziminida Ishdan chiqish (otkaz) tushunchasi ishdan chiqishlarning klassifikatsiyasi


Download 353 Kb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi353 Kb.
#1444012
  1   2   3   4
Bog'liq
Elektr energetika tiziminida Ishdan chiqish (otkaz) tushunchasi. ishdan chiqishlarning klassifikatsiyasi


Elektr energetika tiziminida Ishdan chiqish (otkaz) tushunchasi. ishdan chiqishlarning klassifikatsiyasi

Har qanday zaryadlangan jism atrofida materiyaning maydon shakli elektr maydoni xosil bo‘ladi. Bu maydonga kiritilgan zaryadga elektr kuchi – Kulon kuchi ta’sir qiladi. Zaryadlangan jismlarning o‘zaro ta’sirlashishi elektr maydoni orqali amalga oshadi. Elektrostatik maydon – qo‘zg‘almas zaryadlar hosil qiluvchi maydon bo‘lib, elektromagnit maydonning xususiy xolidir.


Elektrostatik maydonning ixtiyoriy nuqtasi ikkita asosiy fizik kattalik bilan tavsiflanadi: kuchlanganlik Е vektori – kuch xarak­teristikasi va skalyar kattalik potensial – energetik xarakteristika­laridir. Elektr maydoni berilgan nuqtasining kuchlanganligi deb, shu nuqtaga kiritilgan birlik musbat sinov q0 zaryadiga ta’sir qiluvchi elektr kuchiga son jixatidan teng bo‘lgan, yo‘nalishi esa shu kuch yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lgan E vektor kattalikka aytiladi:
(1)
Sinov zaryadi q0 ning maydon berilgan nuqtasidagi potensial energiyasi deb, shu zaryadni maydonning berilgan nuqtasidan chek­siz uzoqlikka (E=0 bo‘lgan nuqtaga) ko‘chirishda maydon kuchlari­ning bajargan ishiga son jihatdan teng bo‘lgan W kattalikka aytiladi:
(2)
Elektrostatik maydon berilgan nuqtasining potensiali deb, shu nuqtaga kiritilgan birlik musbat q0 sinov zaryadi ega bo‘ladigan W potensial energiyaga son jihatidan teng bo‘lgan skalyar fizik kattalikka aytiladi:
(3)
Elektrostatik maydon ikkita nuqtasining (potensiali 1 va 2 bo‘lgan) potensiallari ayirmasi (yoki kuchlanish) deb, birlik musbat q0 sinov zaryadini shu nuqtalar orasida ko‘chirishda maydon kuchlarining bajargan ishiga son jixatidan teng bo’lgan 12 skalyar kattalikka aytiladi:
(4)
Elektrostatik maydonning kuchlanganligi va potensiali quyidagi munosabat bilan o‘zaro bog‘langan:
(5)
Bu yerda – potensial gradiyenti vektori bo‘lib, uning yo‘nalishi potensialning oshish yo‘nalishini ko‘rsatsa, kattaligi esa o‘sha yo‘nalish bo‘ylab birlik uzunlikda potensialning o‘zgarishiga tengdir. Agar potensialni berilgan nuqta dekart koordinatalarining funksiyasi deb qaralsa:

(5)dagi minus ishorasi vektorning vektorga teskari yo‘nalganini, ya’ni potensialning kamayish yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalganini ko‘rsatadi.
Elektr maydonini grafik ko‘rinishda a) elektr maydoni kuchlanganlik vektorining chiziqlari va b) potensial chiziqlari (sirtlari) yordamida tasvirlash mumkin.
Elektr maydoni kuchlanganlik vektorining chiziqlari yoki qisqacha kuch chiziklari shunday chiziqlarki, ularning har bir nuqtasiga o‘tkazilgan urinmada maydonning shu nuqtaga mos kuchlanganlik vektori yotadi. Bu chiziqlarga tik bo‘lgan birlik yuza orqali tik o‘tuvchi kuch chiziqlarining soni, shu yuza soxasidagi elektr maydon kuchlanganlik vektorining kattaligini aniqlaydi. Elektr maydon kuch chiziqlarining yo‘nalishi uchun shu maydonga kiritilgan musbat zaryadning ko‘chish yo‘nalishi qabul qilingan. Elektrostatik maydon kuchlanganligi chiziqlari kesishmaydi: musbat zaryaddan chiqadi va manfiy zaryadga kiradi. Tinch turgan musbat yoki manfiy zaryad – vektorining manbalari hisoblanadi.
Elektr maydonidagi potensiallari teng bo‘lgan nuqtalarning geometrik o‘rniga ekvipotensial (yoki teng potensialli) sirtlar deyiladi. Elektr maydoni berilgan nuqtasining maydon kuchlanganlik vektori, shu nuqta orqali o‘tkazilgan ekvipotensial sirtga tik bo‘ladi. Buni ekvipotensial sirtlarning quyidagi xossasiga asosan (2) ifodadan isbotlash mumkin: 12=0, A=0, ya’ni ekvipotensial sirt bo‘ylab maydon kuchlari zaryadni ko‘chirganda ish bajarmaydi.
1-rasmda turli shakldagi zaryadlangan jismlar maydonlarining kuchlanganlik va ekvipotensial chiziqlari tasvirlangan. Rasmlardagi tutash chiziqlar elektr maydoni kuchlanganlik chiziqlarini, punktir chiziqlar esa ekvipotensial chiziqlarni bildiradi.
II. O‘lchash uslubining nazariyasi va qurilmasining tavsifi
Zaryadlar ikkimaterialni bir-biriga ishqalaganda yoki ta’sir etkazganda hosil bo’lishi mumkin. Tajribalarga ko’ra materiallarning biri musbat ikkinchisi manfiy zaryadga ega bo’ladi. Bundan tashqari hosil bo’lgan zaryadlarning miqdori bir-biriga teng bo’ladi. Agar materiallarda hosil bo’lgan zaryadlarni bir vaqtda o’lchasak ular bir-birini kompencatsiyalaydi. Material zaryadining ishorasi bir materialning o’zidan bog’liq emas, ya’ni ikkinchi materialning xossalaridan ham bog’liq. Ikki material bir-biriga ishqalanganda zaryadlarning hosil bo’lishini aniqlash uchun elektrometrik kuchaytirgichdan foydalaniladi. Bu qurilma juda katta kirish qarshiligiga (1013 Om) va juda kichik chiqish qarshiligiga (1 Om) ega bo’lgan asbob hisoblanadi. Kuchaytirgichning kirishi 2 ta sig’imiy ulash yo’li bilan va zaryadlarni to’plash uchun Faradey chashkasidan foydalanib asbob yordamida juda kan miqdordagi zaryadlarni o’lchash imkonini beradi. Shunday qilib tekizish va isqalash yo’li bilan hosil qilingan zaryadlar yuqori aniqlik bilan topilishi mumkin.
450 V li energiya manbai va 12 V AC energiya manbaiga ega bo’lgan tajriba qurilmalari mos ravishda 1-rasm va 2-rasmda ko’rsatilgan.


1 - rasm. 450 V li tok manbaili tajriba qurilmasi.

2–rasm. Energiya manbaiga ega bo'lgan tajriba qurilmasi.

Elektrometr kuchaytirgich yordamida zaryadni qanday o’lchash mumkinligi 53214 ko’rsatmalar to’plamidan bilib olishingiz mumkin.
III. Ishni bajarish tartibi

Download 353 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling