«elеktr enеrgеtika»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
3 KIRISH Ish unumdorligini oshirish uchun yuqori darajali elektrlashtirilgan yangi texnologik jarayonlar va qurilmalarni ishlab chiqarishni talab etadi. (Texnologiya-materiallarni ishlash vositalari va usullari haqidagi bilimlardir). Elektrotexnologiya - elektrning texnologik imkoniyatlari haqidagi fan bo’lib, uning kelgusi taraqqiyotini elektrenergiya ishlab chiqarishni ko’paytirish, atrof-muxitga zararini kamaytirish talablari va isitish jarayonlarida yoqilg’i ulushini kamaytirishning asosi hisoblanadi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlari ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini oshirish, yuqori darajada elektrlashtirilgan yangi texnologik jarayonlar va qurilmalarni ishlab chiqishni toqazo etadi. Elektr energiyasini ko’plab ishlab chiqish, tashqi muxitga zararli chiqindilar chiqarishni kamaytirishga bo’lgan talablar va qizdirish orqali texnologik jarayonlarda yoqilg’ining sarfini kamaytirish kabilar, elektroenergetikaning texnologik imkoniyatlari to’g’risidagi fan sifatida elektrotexnologiyani jadal sur‘atlar bilan rivojlanishini belgilab beradi. Ushbu rivojlanishning amaliy natijasi metallurgiya , kimyo, mashinosozlik va halq xo’jaligining boshqa tarmoqlardagi ishlab chiqarishlarda, elektr energiyasidan samarali foydalanishni ta‘minlovchi qator elektrtexnologik qurilmalarni yaratilayotgani aniq dalil bo’lib hisoblanadi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining 2005 yilgacha va undan keyingi davrlarga bo’lgan istiqbol rivojlanish rejalarida elektrotexnologik jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar bilan bir qatorda elektrlashtirishning ustivor yo’nalishlardan bo’lgan past haroratli plazma, elektronli va ionli, impulsli va lazerli texnikalardan keng foydalanish ko’zda tutilgan. Ushbu masasalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ekologik jihatdan toza bo’lgan va yuqori ishlab chiqaruvchanlikga ega bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalarning yangi turlarini yaratish imkoniyatini beradi. Bunday ulkan rejalarini amalga oshirishning asosiy vazifalaridan biri, zamonaviy ilmiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, elektr toki ta‘sirida hosil qilingan elektr va magnit maydonlarida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarini fundamental tomonlarini chuqur bilgan, yuqori malakali elektrik mutaxassislarni tayyorlashni taqazo etadi. Elektrtexnologik qurilmalarning texnologik jarayonlar bilan chambarchas bog’lanagan spetsifik elektr jihozlarini faqatgina texnologiya asoslarini chuqur bilgandagina yaratish va ulardan foydalanish mumkin. 4 Ushbu «Elektrotexnologik qurilmalari» fanidan tajriba ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma oliy o’quv yurtlarining «Elektroenergetika» bakalavr ta‘lim yo’nalishi talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta‘lim Vaziriligi tomonidan tasdiqlangan «Elektr texnologik qurilmalari» fani namunaviy dasturga asosan tuzilgan. Ko’rsatma beshta tajriba ishidan iborat. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling