«elеktr enеrgеtika»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. UMUMIY MA‘LUMOTLAR. 3.
6 TAJRIBA ISHI № 1. QARSHILIK KAMЕRA PЕCHINI ISHINI TADQIQ QILISH. 1. ISHDAN MAQSAD: Elektr qarshilik pechini qizitish protsessini o’rganish, qizish, sovutish egri chizig’ini qurish uchun tajriba ma‘lumotlarini olish. Elektropechni ish rejimi va boshqarish elektr sxemasi, pechlarni temperaturasini rostlash metodlari va ularni energetik ko’rsatkichlari bilan tanishish. 2. UMUMIY MA‘LUMOTLAR. 3. 1- rasm. Qarshilik kamеra pеchi Elektr energiyadan bevosita texnologik jarayonda foydalanishni elektrotexnologiya deb ataladi. Elektr energiyasi issiqlik, mexaniq, kimyoviy va boshqa turlarga aylanib o’tadigan qurilmalar va shu bilan birga texnologik jarayon hosil qiladigan qurilmalarni elektrotexnologik qurilmalar deb ataladi. Elektrotexnologik jarayonlar sanoatda keng qo’llaniladi. “Elektrotermiya” tushunchasi o’z ichiga sanoatning turli sohalaridagi texnologiyali jarayonlarni oladi. Bularning negizida elektroenergiya yordami bilan materiallar va buyumlarni qizitishga hizmat qilish yotadi. Qizitish uchun elektroenergiyani qo’llash qator afzalliklarga ega: 7 1. Kichik hajmda katta quvvatni jamlash va juda yuqori haroratlarni olish imkoniyati; 2. Qizitishning bir tekisda haroratli holatini rostlarining osonlashtirish. 3. Ish joyining germetizatsiyalash va unda kimyoviy atmosferani yoki vakuumni yaratish imkoniyati ; 4. Elektrotexnologiya qurilmalarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash qo’layligi,bu elektr pechlar va elektr qizitish moslamalarini uzluksiz liniyalarga ulashga imkon beradi; 5. Mehnat unumdorligini o’sishi mehnat sharoitlarini yaxshilash va jihozlarning zichligini oshirish imkoniyati; 6. Legirlik elementlarini ko’yindiga utishning qisman miqdori; 7. Bevosita qizitilayotgan moddada issiqlik energiyaning ajralib chiqishi; Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishi usuliga asosan EQP lar ikki toifaga bo’linadi, ya‘ni bilvosita ishlovchi EQP lar va bevosita ishlovchi EQP lar.Bilvosita ishlovchi EQP larda elektr energiyasi mahsus qizitish elementlarda issiqlik energiyasiga aylantiriladi va issiqlik qizdirilayotgan mahsulotga issiqlik o’tkazuchanlik, konvektsiya va nurli issiqlik o’zatish usullarida o’zatiladi. Elektr qarshilik kamerali pechlari (EQPlar) mashinosozlik, metallurgiya , yengil va kimyo sanoati , qurilish va kommunal xo’jalikda keng qo’llaniladi. Shaxta tipidagi pech –quvvati 300-400 kVt , ishchi harorati 1500 K ga teng bo’lgan yuqori qismida mahsus mexanizm yoki ko’tarish krani yordamida ochiladigan qopqoqqa ega bo’lgan va ishchi kamerasi yer tubiga joylashtirilgan pechni ifodalaydi. Pechlari universal bo’lib, sodda konstruktsiyasiga ega. Kamerali pechlar mahsulotni yuklab, tushirish eshikchasi yon tomondan bo’lgan to’g’ri burchakli kameradan tashkil topgan bo’lib, mahsulot asosan qo’lda yuklab tushiriladi. Kamera tubi yuqori haroratga chidamli plita bo’lib , unga Q.E..lar o’rnatilgan.Qizitish elementlari karborund va disilitsida molibdendan yasalgan. Ishchi harorati 1000-1800 K, foydali ish koeffitsenti 65-70 % teng. Pechning asosiy ishlashidagi kamchiligi mahsulotni yuklash va tushirish qiynchiligi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling