Elektr energetikasi


VII. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)


Download 5.18 Mb.
bet72/91
Sana14.10.2023
Hajmi5.18 Mb.
#1701867
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91
Bog'liq
Маъруза Аудит

3.

VII. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

  • Energetika tizimida elektr ta’minoti tizimining tutgan o‘rni, elektr energiyani ishlab chiqarish, uni iste’molchilarga uzatish va taqsimlash to‘g‘risida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;

  • Sohaga doir asosiy tushunchalar va ularning mohiyati, iste’mol-chilar elektr ta’minoti tizimini loyihalashtirish bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar hamda an’anaviy va noan’anaviy energiya manbalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • Iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiya bilan ta’minlash sohasidagi mavjud muammolarni o‘rganib, tahlil qilish va bu muammolar bo‘yicha dastlabki echimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.



VIII. Xorijiy zamonaviy axborot va ta’lim texnologiyalari hamda ilg’or o’qitish metodikalari:
O’qitishning interaktiv metodlari

Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo‘llaniladi. Masalan, talaba o‘tilgan mavzu bo‘yicha klaster tuzishi mumkin.
O‘rtaga kalit so‘z, tarmoqlarga unga bog‘liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o‘z navbatida tarmoqlarga ajralishi mumkin.

  • SINKVEYN – metodi

Bu fransuz tilida “5 qator” ma’nosini bildiradi. Sinkveyn - ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yig‘ilgan holda, o‘quvchi so‘zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.

  • BBB jadvali

Barcha ma’ruza darslarida qo‘llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o‘zini kuzatishi, o‘qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida mavzu bo‘yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga yozib qo‘yadi. Dars so‘ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo‘yadi.


Download 5.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling