Elektr energiyani tashkil etuvchi asosiy parametrlar


Download 184 Kb.
bet1/3
Sana15.02.2023
Hajmi184 Kb.
#1199684
  1   2   3
Bog'liq
Elektr energiyani tashkil etuvchi asosiy parametrlari



Reja:
1. Elektr energiyani tashkil etuvchi asosiy parametrlar
2. GESlarda to‘g‘on qurish va tayziq hosil qilish jarayoni
3. Issiqlik elektr markazining ishlash prinsipi
4. O’zbekistonda shamol va quyosh energiyasi zaxiralari.


Elektr energiyani tashkil etuvchi asosiy parametrlar 
Kuchlanish. Kuchlanish, bu elektr sxemasida elektr energiya hosil qiluvchi 
manba potensiali hisoblanadi. Bu esa, ko‘pincha elektr yurituvchi kuch (EYuK) deb aytiladi. EYuKning asosiy o‘lchov birligi Anastasio Volt nomi bilan atalib, Voltda o‘lchanadi. Elektr kuchlanishi “u” yoki “U” da belgilanib, ko‘pincha “v” yoki “V” belgisi ishlatiladi. 
Italiyalik fizik Aleksand Djuzeppe Antonio 1745-1827 yillar oralig‘ida 
batareyani kashf etgan. 
Kuchlanish - elektr energiya tizimida potensial energiya manbai hisoblanib, 
ayrim vaqtlarda hech narsa qilmaydi, ammo ish bajarish uchun potensialga egadir 
yoki kuchlanish, bu turtkidir. Kuchlanish har doim ikki potensial orasida yuzaga 
keladi. Ko‘pincha kuchlanish o‘zgarmas va o‘zgaruvchan bo‘ladi. AQSh elektr 
energetika tizimida o‘zgaruvchan kuchlanishni 127 Voltdan aholi yashaydigan 
uylarda va yuqori kuchlanish, ya’ni 500 kV ni uzatishga mo‘ljallangan. Bundan 
tashqari undan ham past va yuqori kuchlanishlar bor
Tok. Tok, bu elektronlarni o‘tkazgichdagi oqimidir. Elektr sxema orqali 
kuchlanish ostidagi elektronlarni harakati yoki teskari aloqada o‘tkazgichlardan 
oqadigan elektronlar kuchlanish manbaiga doim qaytadi. Tok kuchi amperda 
o‘lchanadi. Berk zanjirda yoki elektr sxemadagi elektronlar soni o‘zgarmaydi. 
O‘tkazgichning qarshiligi sabali elektronlar oqimi o‘tkazgichini qizdiradi. 
Kuchlanish tok harakatni yuzaga keliradi. Shuning uchun to‘liq elektr 
sxemada kuchlanish berilib, tokni qarshilik orqali o‘tishiga majbur qilinganda, tok 
qiymati oshib o‘tkazgichda yuqori haroratni yuzaga keltiradi. Kuchlanish manbai-
ning potensial energiyasi kinetik energiyaga o‘zgartiriladi, chunki bunda elektron-
lar harakati yuzaga keladi. Kinetik energiyani elektr yuklamalarda (iste‘molchi-
larda) ishlatilib, foydali ishga o‘zgartiriladi.  Elektr toki. O‘tkazgichdagi elektr toki trubadagi bir liniyaga terilgan ping-pong 
shariga o‘xshaydi. kelsak, trubani bir uchidan bosim (ya‘ni kuchlanish) 
sharlarni truba orqali harakatlantiradi. Bosim manbai (ya’ni batareya) trubadan 
chiqayotgan sharlarni yig‘ib trubaga qaytaradi (teskari aloqa yo‘li), ya‘ni truba 
orqali o‘tayotgan sharlarning soni hisobidan trubaning ikkinchi uchidan tok  ko‘rinadi. Elektronlarni ko‘rsatilgan yo‘nalishda harakati juda muhim hisoblanadi. 
Elektr toki “i” yoki “I” belgisida ko‘rsatiladi
Elektr toki 
Elektronlar oqimiga teskari oqim tuynigi. Qachonki elektronlar atomdan 
ajralib va tuynikni tashlab kuchlanish manbaining musbat tomonga harakatlansa 
elektron oqim yuzaga keladi. Bundan, qoldirilgan tuynik (musbat zaryadlar) 
kuchlanish manbaining manfiy tomoniga harakat qiladi. Shuning uchun elektr 
sxemada elektronlar bir yo‘nalishda harakat qilsa, ushbu sxemadagi tuyniklar 
(musbat zaryadlar) teskari tomonga harakat qiladi. Elektr zaryadlarida ishlatila-
digan standart kelishuvlik tuynik oqimi musbat zaryaddir. Buning sababi batareya-
dagi (+) musbat va (-) manfiy qutblari kuchlanish manbaida elektronlarni ixtiro 
qilmasdan oldin o‘rnatilgan. 
Dastlabki tajribalar natijasida elektr tokini oqish yo‘nalishini bilmasdan, mus-
batdan manfiy qutb tomonga yo‘nalganligi aniqlangan edi, lekin keyinchalik keng 
muhokama qilinganidan so‘ng o‘tkazgichdan oqadigan tokning asosiy xususiyati, bu o‘tkazgichda magnit maydonini yuzaga keltirishdir. 
Quvvat. Quvvatning o‘lchov birligi bug‘ dvigatelini ixtiro qilgan Djeyms Vatt 
(1736-1819) nomi bilan Vatt (Vt) nomlanadi. Kuchlanish ayrim vaqtlarda hech 
qanday ish bajarmaydi hamda tok ham ayrim vaqtlarda hech qanday ish  bajarmaydi, lekin kuchlanish va tok birgalikda haqiqiy foydali ish bajaradi. Kuchlanish va tokning vaqt birligidagi mahsuloti quvvatdir. Quvvat aniq ishni bajarish uchun ishlatiladi. Masalan, elektr energiya yuqori haroratni yuzaga keltirish, motorlarni aylantirish, lampalarda yorug‘likni hosil qilish va boshqalarda ishlatiladi. Bundan ko‘rinadiki quvvat kuchlanish  va tokni bir qismidir. Agar tok  yoki kuchlanishi nolga teng bo‘lsa, quvvat ham nolga teng bo‘ladi. Kuchlanish uyingizdagi razetkada ham bo‘ladi, uzgichni (vklyuchatel) ulab tok o‘tkazgichdan oqmaguncha quvvat yuzaga kelmaydi. 
Energiya. Energiya quvvatni vaqt birligidagi mahsuloti hisoblanadi. Vaqt 
birligi ichida elektr yuklama ishlatgan quvvat (tok oqqanida), energiya hisoblanadi. Energiyaning o‘lchov birligi vaqt·soatda, shu bilan birga elektr energiya tizimi 
miq‘yosida umumiy o‘lchov birliklari turar-joy binolari uchun kVt·soat (1000 
Vt·soat), hamda sanoat korxonalari va energetik tashkilotlar uchun MVt soat 
(1000000 Vt·soat). 
O‘zgarmas tok va kuchlanish. O‘zgarmas tok elektr sxemasida bir xil yo‘nalgan elektronlar oqimi harakatlanadi. 2.2-rasmda ko‘rsatilganidek, qachonki 
kuchlanish o‘zgarmas bo‘lsa, o‘zgarmas tok (bir tomonga yo‘nalgan tok) yuzaga 
keladi. Batareya elektr sxemaga ulanganida, o‘zgarmas tok oqadi. Elektronlar 
manfiy qutbdan sxema orqali musbat qutb tomon oqadi. 
O‘zgarmas tok (o‘zgarmas tok kuchlanishi) 
O‘zgaruvchan tok va kuchlanish. Qachon potensial energiya manbai 
qutblarini (ya‘ni kuchlanishni) musbat va manfiy bilan o‘zaro almashtirilsa, 
o‘zgaruvchan tok yuzaga keladi. Elektr sxemada oqayotgan tok shunga o‘xshash 
musbat va manfiy qutblar orasida almashadi Shunday qilib, kuchlanish 
manbai almashganida o‘zgaruvchan tok yuzaga keladi. Tok va magnit oqimini yo‘nalishi kuchlanishni noldan musbat qutbning eng katta qiymati tomon 
o‘sishi, so‘ngra nol orqali manfiy qiymatga va orqaga nol orqali o‘zgarib, bir davrni tugatadi. 
Matematik terminda sinus to‘lqinida tavsiflanadi. Sinus to‘lqini sekund, 
daqiqa, soat yoki kunda ko‘p marta qaytarilishi mumkin. Bir sekundda bir davrni 
tamom bo‘lishiga ketganvaqt, davr oralig‘i deyiladi Steven W. Blume, Electric power system basics, USA, 2007. p. 8-9.
O‘zgaruvchan tok (o‘zgaruvchan tok kuchlanishi) 
Chastota. Chastota, bu ma’lum vaqt (sekund) davomida bo‘ladigan davrni 
tavsiflamoq uchun ishlatiladigan tushunchadir (tarmin), ya’ni ushbu vaqt davomida sodir bo‘ladigan davr sonini nemis fizigi Genrix Xers (1857-1894) nomi bilan Gers deb nomlanadi. O‘zgarmas tokda chastota yo‘q, shuning uchun chastota terminini o‘zgaruvchan tokda ishlatiladi. 
AQSh energetika tizimi uchun uchun 60 davr/sekund yoki 60 Gs, hamda 
Evropa mamlakatlarida 50 Gs standart chastota qabul qilingan. AQSh va EI 
davlatlaridan tashqari, yana boshqa rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarda ham 50 yoki 60 Gs ishlatiladi (oldinlari AQSh 25, 50 va 60 Gs tizimlarini ishlatib, 
keyinchalik 60 Gs ga standartlashtirildi). 
O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tok va kuchlanishi bilan taqqoslash. Elektr 
yuklamalarda o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tok va kuchlanish berilishi mumkin, 
ammo o‘zgarmas tok yuklamada yuqori haroratni yuzaga keltiradi, hamda 
o‘zgaruvchan tokda esa, tok davrini musbatdan manfiy qutb tomon o‘zgarishi va uni qaytarilishi bilan yuqori qiymatda ushlab turiladi. Ekvivalent o‘zgaruvchan tok 
elektr yuklamalarda o‘zgarmas tokka o‘xshab, qizdirib ta’sir ko‘rsatadi. Nazariy 
jihatdan 120 V o‘zgarmas tok rozetkasiga 120 V o‘zgaruvchan tok iste’molchisini 
ulaganida qizdirish xususiyati bir xil bo‘ladi. 


Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling