Elektr energiyaning sifati va uni taminlash. Reja


Download 76.49 Kb.
bet1/3
Sana19.02.2023
Hajmi76.49 Kb.
#1213875
  1   2   3
Bog'liq
Elektr energiyaning sifati va uni taminlash


Elektr energiyaning sifati va uni taminlash.
Reja
1. Elektr iste’molchilar va elektr apparatlar ishiga elektr energiya sifatining ta’siri. Elektr energiyaning sifat ko‘rsatgichlari. Elektr energiyaning sifatko‘rsatgichlari va iqtisodiyligi.
2. Elektr tarmog‘ining ish rejimlarni va ularni boshqariSh . Chastota va aktiv quvvatni boshqarish.
3. Kuchlanish va reaktiv quvvatni boshqarish.
4. Xulosalar.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Iste’molchilar elektr energiyasining ma’lum belgilangan miqdorida samarali iShlaShi mumkin, ya’ni kuchlaniSh, chastota, nosimmetriya va kuchlaniSh chizig‘i Shaklini nosinusoidalligini normallangan qiymatlarida (yuqorida aytilganidek, ular elektrenergiyasining sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi).


Ko‘rsatilgan qiymatlarini nominaldan u yoki bu tomonga og‘iShi texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yomonlaShuviga olib keladi va natijada ma’lum ziyonga ega bo‘ladi (buni ko‘p misollarda ko‘riSh mumkin: cho‘g‘lanma lampalar, elektr motorlar, elektr stansiya va h.k).
Bu ziyonning minimumi optimal kuchlaniShga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari normalanadi. Masalan, iste’molchilardagi kuchlanish nominal qiymatdan oShsa, GOST ga ko‘ra quyidagi oraliqda bo‘liShi kerak, %:
Elektr motorlar tugunlarida 5 (ma’lum joylarda 10);
Yoritish qurilmalari tugunlarida sanoat korxonalarining iSh o‘rinlarida (+5)-(-2.5);
turar joy binolarida ( ichki va taShqi yoritiSh) 5;
avariya rejimida -12;
qiShloq tarmog‘idan yoki elektr transport tarmog‘idan ta’minlanadigan elektr uskunalar tugunida 7.5 .
Ko‘rinib turibdiki, avariya rejimlarida ancha ko‘p og‘ish ruxsat etiladi, chunki bu rejimlar qisqa vaqtlidir.
Elektr energiyaning sifati tarmoqdagi kuchlanish va chastotani ularning normalangan qiymatlariga mos kelish darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Odatda texnik va iqtisodiy nuqtai nazaridan barcha elektr is’temolchilari va apparatlarining nominal parametrlarda iShlaShi (fnom ,Unom ,Inom ) maqsadga muvofiq hisoblanadi. Boshlang‘ich etaplarda elektr energiyaning sifat muammosi tarmoqdagi kuchlaniSh va chastotani ularning nominal qiymatlariga yaqin darajada tutib turiShdan iborat edi. So‘nggi yillarda ko‘p miqdordagi yuklamasi tez o‘zgarib turuvchi, Shuningdek, yuklamasi fazalar bo‘yicha bir tekis taqsimlanmagan va nosinusoidal kuchlaniSh hamda tokni hosil qiluvchi noan’anaviy elektr qabul qilgichlar EQQ paydo bo‘ldi (prokat stansiyalari, yoyli po‘lat erituvchi pechlar, to‘g‘rilagich qurilmalar, elektrlaShtirilgan transportlar, elektroliz va h.k.). Bu yangi EQQlar elektr energiya sifatining buziliShiga olib keladi.
Hozirgi davrda 50 Gs, chastotali uch fazali va bir fazali umumfoydalaniladigan elektr tarmoqning EQQlar yoki is’temolchilar ulanadigan nuqtalarida elektr energiya sifatiga talabni o‘rnatuvchi 13109-87 Davlat standarti amal qiladi [6].
Elektr energiyaning sifat ko‘rsatgichlari (EESK) ikki guruhga bo‘linadi: asosiy EESK va qo‘shimcha EESK. Asosiy EESKlariga elektr energiyaning sifatini belgilovchi parametrlar kiradi.
Ruxsat etiluvchi qiymatlar belgilangan asosiy EESKga kuchlaniShning og‘iShi, kuchlaniSh diapozoni, kuchlaniSh tebraniShlarining miqdori, kuchlaniSh egri chizig‘ining nosinusoidallik koeffitsienti, - chi garmonik taShkil etuvchi koeffitsienti, kuchlaniShlarning ketma-ketlik koeffitsienti, kuchlaniShlarning nol ketma-ketlik koeffitsienti , chastotaning og‘iShi kiradi. Qo‘shimcha EESK boShqa normativ-texnik hujjatlarda foydalaniluvchi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
CHastotaning og‘iShi butun energetika sistemasi uchun bir xildir, chunki uning ayni vaqtdagi qiymati generatorlarning aylanish davr tezligi bilan belgilanadi. Normal turg‘un holatlarda barcha generatorlar sinxron chastotaga egadir. SHu sababli chastotaning og‘ishi elektr energiya sifatining umumsistemaviy ko‘rsatkichidir. KuchlaniSh tarmoqning turli nuqtalarida turlicha qiymatlarga ega. SHunday qilib, kuchlaniSh elektr energiya sifatining lokal ko‘rsatgichidir.
Elektr tarmoqlarning real holatlarida kuchlaniShlar doimo nominal kuchlaniShdan farq qiladi. Bu farqni bir qator – kuchlaniShining og‘iShi, kuchlaniShning o‘zgariSh oralig‘i, kuchlaniSh tebraniShining miqdori kabi EESK xarakterlaydi.

Download 76.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling