Elektr energiyaning sifati va uni taminlash. Reja


Download 76.49 Kb.
bet3/3
Sana19.02.2023
Hajmi76.49 Kb.
#1213875
1   2   3
Bog'liq
Elektr energiyaning sifati va uni taminlash

normal maksimal elektr tarmoqda kuchlaniShning og‘iShi:
1 kv gacha 5
6-20 kv 10
35 kv va yuqori 10
nosinusoidallik koeffitsienti, (%dan ortiqmas):
1 kv gacha 5 10
6-20 kv 4 8
35 kv 3 6
110 kv va yuqori 2 4
kuchlaniShning toq garmonik taShkil etuvchisi koeffitsienti,(%dan ortiqmas): 1 kv gacha - 6(3)
6-20 kv - 5(2,5)
35 kv - 4(2)
110 kv va yuqori - 2(1)
KuchlaniShning teskari ketma-ketlik koeffitsienti,
(% dan ortiqmas): 2 4
Kuchlanishning nol ketma-ketlik koeffitsienti
(% dan ortiqmas): 2 4
Chastotaning og‘ishi, Gs: 0,2 0,4


Elektr energiya sifati pastligining tarmoqlar va elektr jihozlariga ta’siri elektr energiya isrofining ortiShi; jihozlarning xizmat muddatini qisqarishi; ishlab chiqariSh darajasining pasayishi; sifatning yomonlashuvi va ba’zan brak mahsulot iShlab chiqariliShiga olib keluvchi texnik zararda ko‘rinadi.
Elektr tarmoq va jihozlaridagi quvvat isrofi kuchlanish qiymatiga bog‘liq raviShda o‘zgaradi. Masalan, yuk isroflari, ya’ni elektr uzatiSh yo‘llari (EUY) va transformatorlar almashtirish sxemalarining bo‘ylama qismlaridagi isroflar, tokning kvadratiga to‘g‘ri va kuchlaniShning kvadratiga teskari proporsionaldir. Salt iShlaSh isroflari kuchlanish kvadratiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bundan kelib chiqadiki, kuchlaniShni rostlash quvvat va energiya isroflarini o‘zgartiradi.
Toklar va kuchlaniShlar simmetrikligi va sinusoidalligining buziliShi EUY, transformatorlar, aylanuvchi mashinalar va kondensator batareyalarida qo‘Shimcha isroflarni hosil qiladi. Shu sababli elektr energiya sifatini oShiruvchi tadbirlar elektr energiya isrofining kamayishiga olib keladi.
Elektr energiya sifatining elektr jihozlariga xizmat qilish muddatiga ta’siri asosan o‘tkazgichlar va izolyasiyadagi haroratning ruxsat etilgan qiymatidan ortib ketiShi natijasida ularni tez eskiriShida namoyon bo‘ladi. Cho‘g‘lanma lampalar xizmat muddatining kamayiShiga kuchlaniShning musbat og‘ishi xususan kuchli ta’sir etadi. Yuqori garmonikalar, xususan rezonans yuz berganda , kondensator batareyalarining ishdan chiqishiga olib keladi.
Texnologik zarar - texnologik jarayon va ishlab chiqariluvchi mahsulot turlari bilan belgilanadi. Odatda, texnologik zarar ishlab chiqariluvchi mahsulot miqdori yoki sifatining pasayiShi, mahsulotning brak bo‘lishi va hattoki texnologik jarayonning buzilishida namoyon bo‘ladi. Mahsulot miqdori va sifatining pasayishi mahsulot umumiy narxi o‘zgarishining berilgan kuchlanish darajasiga bog‘laniShini belgilovchi iqtisodiy xarakteristika bilan baholanadi. Eksperimental iqtisodiy xarakteristikalar har bir turdagi korxonalar uchun olinadi. Har xil korxonalar uchun ular turlicha. Ayrim korxonalarda texnologik jarayon kuchlanish sifatiga juda sezgir bo‘lsa, ayrimlarida aksincha.
Texnologik jarayonlarning buziliShi avtomatika sistemalarining noto‘g‘ri iShlaShi natijasida sodir bo‘ladi. Avtomatik boshqaruv sistemalari elektr energiyasi sifatiga sezgir bo‘lgan ko‘plab elektron elementlardan tashkil topgan.
Sanoat va shahar elektr tarmoqlarida elektr energiyaning texnologik zarar va isrofni belgilovchi asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, kuchlaniShning og‘ishi hisoblanadi. Qator ishlab chiqariSh korxonalari uchun kuchlaniSh sifatining pastligidan ko‘riladigan iqtisodiy zarar asosiy o‘rin kasb etadi. Kuchlanishning pasayiShi lampalarning yorug‘lik berishini tez kamayishiga olib keladi. Shahar tarmoqlarida kuchlanishning nostabilligi ommaviy raviShda kuchlanish stabilizatorlaridan foydalanishga olib keladi.
EESKni quvvat isrofi va jihozlarning xizmat qilish muddatining kamayishi, Shuningdek, mahsulot miqdori va sifatining pasayishiga ta’sir darajasiga muvofiq tartibda yoziSh mumkin:
1) kuchlaniSh va chastotaning og‘ishi;
2) kuchlaniSh va tokning nosimmetrikligi;
3) kuchlaniSh va toklar egri chiziqlarining nosinusoidalligi;
4) kuchlaniSh o‘zgariShining oralig‘i.
Texnologik jarayonlarga ta’sir darajasi bo‘yicha bu EESKni quyidagi ketma-ketlikda yozish mumkin: 3,4,2,1.

Foydalanilgan adabiyotlar.


1.Idelchik B.I.Elektricheskie sistemы i seti.M:Energoatomizdat 1989 g,592 s
2.Blok V.M. Elektricheskie sistemы i seti. M:VыsShaya Shkola,1986 g,430 s
3.Elektricheskie sistemы.1,2 Elektricheskie seti.Pod.red V.A Venikova
M:VыsShaya Shkola,1981 g,438 s
4.Soldatkina L.A. Elektricheskie sistemы i seti.M:Energiya 1978 g
5.Borovikov V.A,Kosarev V.K,Xodot G.A. Elektricheskie seti energeticheskix
sistem.L:Energiya 1977 g,391 s
6.Elektricheskie sistemы i seti.Pod red.G.I Denisenko,Kiev,1986 g
7. Stroev VA. Elektricheskie sistemы i seti. Uchebnik.-M., «VыsShaya Shkola», 512 s. 1998 g.
8. Elektrotexnicheskiy spravochnik: T.Z. Proizvodstvo, peredacha i raspredelenie elektricheskoy energii. /Pod obщ.red.proofessorov MEI.-M.:Izdatelstvo MEI,2004,964 s.
9. G‘oyibov T.SH. Elektr tarmoqlari va tizimlari. Misol va masalalar to‘plami . /PodO‘quv qo‘llanma.-T.: ToShDTU, 2006.
10. Sayt: www.energystrategy.ru
11. Sayt: www.uzenergy.uzpak.uz
Download 76.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling