Elektr energiyasi rejimlarining xususiyatlari va ularning parametrlari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 54.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi54.09 Kb.
#1569995
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
elektr-energiyasi-rejimlarining-xususiyatlari-va-ularning-parametrlari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 434  www.ares.uz 
110-220 kV kuchlanishli tarmoqlarda kuchlanish uzilishlari paydo 
bo‘lishining asosiy sabablari havo liniyalaridagi bir fazali qisqa tutashuvlar bo‘lib, 
ular umumiy uzilishlarning 70 foizini tashkil etadi, ikki fazali va uch fazali qisqa 
tutashuvlar mos ravishda 20 va 10 foizni tashkil qiladi.
Elektr energiyasini yetkazib beruvchi tarmoqlarda va ichki elektr ta’minoti 
tarmoqlarida, avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishining oldini olish maqsadida
shuningdek, normal rejimni tiklash jarayonlarini tezlashtirish uchun energiya 
tizimlarining avtomatik qurilmalari uzluksiz ishlaydi. Ushbu qurilmalar, qoida
tariqasida, rejim zonalarini tanib olish va operatsiyali algoritmlarini joriy rejim 
sharoitlariga moslashtirish uchun texnik imkoniyatlarga ega emas, chunki ularning 
ishlash algoritmlari va parametrlari umumiy obyektlar mavjudligini hisobga olmaydi.
Shuning uchun, ularning ishlamay qolishining oldini olish, ya’ni, yangi elektron
davrda keraksiz va yolg‘on signallarni berishning oldini olish maqsadida
takomillashtirilgan algoritmli va adaptiv xususiyatlarga ega yangi elektron yechimlarni 
ishlab chiqivchi avtomatik qurilmalarni barpo etish muhim vazifalardan biri bo‘lib 
qolmoqda. 
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va raqamli signallarni qayta ishlash 
ma’lumotlarini uzatish uchun turli xil vositalardan foydalanish imkoniyati yaratildi, 
zaxir
zaxiraini avtomatik kiritish aini avtomatik kiritish ya’ni optik tolali kabellar,
keng polosali radioaloqa, elektr uzatish liniyalari orqali aloqa tizimlari va boshqalar.
Boshqarish rejimlari muammolarini hal qilish uchun dasturiy-apparat 
komplekslarining (DAK) modulli tuzilishidan foydalanish, boshqaruv tizimini
osongina kengaytirish va masshtablash imkoniyatini beradi. 
Elektr energiyasi obyektlarini birlashtirishning muammoli texnik masalalarini 
tahlil qilish, tarqatish tarmoqlarining normal va avariya rejimlarini boshqarish, elektr 
energiyasini yetkazib beradigan stansiyalarning ichki elektr ta’minoti tarmoqlari
xususiyatlarini hisobga olgan holda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoli tomonlarini 
aniqlashga imkon beradi. 
Elektr rejimlarining xususiyatlari energiya markazining avtonom ishlash 
rejimida yaqqol namoyon bo‘ladi, sababi bu holda avariyali jarayonlar iste’molchilar
uchun ancha qiyin kechadi.
Katta bir, bitta asosiy blok, guruh yoki butun elektr stansiyasining to‘satdan 
to‘xtab qolishi sezilarli darajada elektr tanqisligini keltirib chiqarishi va 
iste’molchilarni elektr ta’minotida uzilishga olib kelishi mumkin emas, ammo avtonom
rejimda bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Energiya tumanining sxemasi va ish 
sharoitlariga qarab, undagi ishlab chiqarish va iste’mol balansi asosiy birlikning



Download 54.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling