Elektr energiyasi rejimlarining xususiyatlari va ularning parametrlari
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
Download 54.09 Kb. Pdf ko'rish
|
elektr-energiyasi-rejimlarining-xususiyatlari-va-ularning-parametrlari
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 435 www.ares.uz uzilishini talab qiladigan ishlab chiqarishning ortiqcha miqdoridan 100% ga yaqin o‘zgarishi mumkin. Taqsimlangan generatsiya obyektlari bo‘lgan elektr energiyasi tumanlari rejimlarining asosiy xususiyatlari quyidagicha: - o‘tkinchi jarayonlar, ayniqsa, avtonom ish rejimida ancha tezroq davom etadi, bu TJ (mexanik doimiy inertsiya ) ning 3-10 baravar past ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi; - o‘tkinchi jarayonlarning parametrlari yuklamaning xususiyatlari va parametrlariga sezilarli darajada bog‘liqligi; - qayta tiklanadigan (reversiv) quvvat oqimlari, generatsiya rejimlariga bog‘liqligi; - chiziqli bo‘lmagan va tez o‘zgaruvchan yuklamaning mavjudligi sababli tasodifiy aralashuvchi omillarning ta’siri (chastotani moslashtirish yuritmasi, uzluksiz quvvat manbai va boshqalar ) [2]. NATIJALAR Konchilik korxonasi bilan elektr ta’minoti tizimida elektr quvvati yetishmasligi paytida paydo bo‘ladigan o‘tkinchi jarayonlarning hisob-kitoblari misollarini ko‘rib chiqaylik: elektr ta’minoti tizimi o‘z ehtiyojlarini va tarmoqdagi yo‘qotishlarni hisobga olmasdan, iste’mol qilish quvvati - 8,9 MVt bo‘lganda, podstansiya shinalarining 2 uchastkasidagi normal kuchlanish 6,6 kV ni tashkil qiladi. Elektr qabul qiluvchilarning 90% 0,4-6 kV kuchlanishli asixron dvigatellardan (AD) iborat, qolgani statik yuklama, avariyali holatgacha bo‘lgan asosiy blokning umumiy quvvati 12 MVt. Elektr ta’minoti tizimi talablarga asosan CHAT (chastotani avtomatik tushirish) qurilmalari bilan jihozlangan, umumiy iste’mol quvvati 4,6 MVt bo‘lgan elektr energiyasi iste’molchilari CHAT 1 ga ulangan, CHAT 1 ning sozlamalari - 0,2 Hz da 48,8 dan 46,4 Hz gacha, 13 bosqichli, vaqtni kechiktirish - 0,3 s, boshqariluvchi harakatni amalga oshirish vaqti - 0,1 s. Grafiklarda: f - chastota, Hz, U – podstansiya shinalaridagi kuchlanish, kV, ∑PICHQ – ishlab chiqaruvchi qurilmalarning umumiy yuklamasi, MVt [3]. Bitta TUG (turbogenerator) ni o‘chirib qo‘yish dastlabki quvvat taqchilligining 50% ni tashkil qiladi. O‘tkinchi jarayonning asosiy qismi 1 - rasmda ko‘rsatilgan, bunda fmin = 48.0 Hz, CHAT 1 ni ishga tushirish 4 bosqichda 1,5 MVt hajmda, bu elektr energiyasini iste’mol qilishning boshlang‘ich hajmining 17 foizini tashkil qiladi. Ushbu o‘tish jarayoni qo‘shimcha ravishda taqqoslash uchun asos sifatida ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling