1. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINI TASHKIL ETISH VA UNI O‘TKAZISH BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR
Amaliyotni maqsadi va vazifasi
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi - talabalarning o‘qish davomida auditoriya mashg‘ulotlari (ma’ruza, amaliy, tajriba) da olgan nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik texnikalari va energiya ta’minoti bilan ishlash, ularni doimo soz holatda ushlab turish uchun servis va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida bevosita qatnashib, mutaxasislik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birgalikda talabalarni ish beruvchi tashkilotlardagi mehnat sharoitlariga moslashishlari, ularda mehnat intizomi qoidalari, ishlab chiqarish xulqi va odobini shakllantirishdan iboratdir.
Ishlab chiqarish amaliyotining vazifasi - bitiruvchi bosqich talabalarining ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita qatnashib, mutaxasislik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashlari bilan birgalikda ish beruvchi tashkilotlardagi mehnat sharoitlariga moslashishlari hamda kelgusida ularni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlashdan iborat.
Buning uchun talabalar:
-ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita qatnashib o‘qish davomida auditoriya mashg‘ulotlarida olgan nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtiradi;
-mutaxasislik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birgalikda ish beruvchi tashkilotlardagi mehnat sharoitlariga moslashadilar;
-talabalarda ishlab chiqarishdagi mehnat intizomi qoidalari, ishlab chiqarish xulqi va odobi shakllantiriladi;
- kelgusida talabalar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanadi.
1.2. Ishlab chiqarish amaliyotni o‘tkazish joyi
Bitiruvchi talabalarning bitiruv oldi amaliyotlari ularning ta’lim yo‘nalishlari xususiyatlaridan, talabaning shaxsiy qiziqishlari va bevosita ishga yuborish maqsadlaridan, shuningdek, ularning yashash manzillarini e’tiborga olgan holda ish beruvchi tashkilotlar bilan kelishuvlar asosida mutaxassislik kafedrasi tomonidan tavsiya etilgan hamda amaliyotga chiqarish bo‘yicha institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan xududlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |