Elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi bitiruvchi bosqich talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish
FAKUL’TET DEKANATINING VAZIFALARI
Download 140 Kb.
|
Битрув олди амалиёти учун кулланмаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. KAFEDRA MUDIRINING VAZIFALARI
2.3. FAKUL’TET DEKANATINING VAZIFALARIDekanat har bir talabaning amaliyotini tashkil etish, o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda bajarilish monitoringi uchun mas’ul hisoblanadi. Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun dekanatga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: o‘quv rejaga asosan talabalarning bitiruv oldi amaliyoti dasturini kafedra yig‘ilishi qaroriga asosan belgilangan tartibda tasdiqlash; talabalar amaliyotida rejalashtirlgan ishlarini qo‘yilgan talablar hamda tasdiqlangan dastur asosida bajarilishini nazorat qilish; amaliyotda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yakunida tayyorlangan xisobotlarga rahbar o‘qituvchi mulohazasini olishni nazoratga olish; talaba tomonidan amaliyot bo‘yicha tayyorlangan xisobotni kafedra yig‘ilishidagi himoyasida ishtirok etish, natijalarni qayd qilib borish. 2.4. KAFEDRA MUDIRINING VAZIFALARIKafedra mudiri kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishlarida bitiruv oldi amaliyotlarini dasturlari bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni rahbar o‘qituvchilar bilan birgalikda bajarilishiga mas’ul hisoblanadi. talabalarning amaliyot dasturini kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqish va tasdiqlash; talabalarni amaliyotda rejalashtirlgan ishlarini qo‘yilgan talablar hamda tasdiqlangan dastur asosida bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish; amaliyot davomida talabalar tomonidan tayyorlangan xisobotlarni belgilangan tartibda o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash hamda bajarilishini nazorat qilish; talabalarni bitiruv oldi amaliyoti davomida olib borilgan ishlar asosida tayyorlangan xisobotlarini rahbar o‘qituvchilar taqrizi bilan ko‘rib chiqish. 3. TALABALARNING BITIRUV OLDI AMALIYOTIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 3.1. BITIRUV OLDI AMALIYOTI DAVOMIDA AMALGA OSHIRISH UCHUN QO‘YILGAN VAZIFALAR Bitiruv oldi amaliyoti talabalarda ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari hosil qilinadi. rahbar o‘qituvchi bilan birgalikda amaliyot ob’ekti shart-sharoitlaridan kelib chiqib, amaliyot davomida amalga oshiriladigan ishlar rejasini shakllantirish; o‘qish davomida olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkazish va tajriba oshirish; rahbar o‘qituvchi bilan birgalikda amaliyot ob’ektiga bog‘liq bo‘lgan muammolarni o‘rganib, ularni ilmiy hal qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; olingan natijalarni tahlil qilish hamda tegishli xulosa va takliflarni ishlab chiqish; amaliyot davomida olib borilgan ishlar bo‘yicha xisobot tayyorlash; xisobotni kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilish; amaliyotni bajarilishi bo‘yicha tayyorlangan xisobotini kafedra yig‘ilishida himoya qilish. Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling