Elektr energiyasini tejash


Download 39.28 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi39.28 Kb.
#1268739
1   2   3
Bog'liq
elektr energiyani tejash(1)

KF=PF/PN
bu yerda: Pf — elektr dvigatel o‘qidagi foydali quvvat, kW; Pn — elektr dvigatelning nominal quvvati, kW. Agarda mashina, mexanizm yoki boshqa uskunalarning quvvatini tezda (operativ) aniqlash zarur bo‘lsa, u holda ularning pasportlarini ko‘rib chiqish kerak. Elektr dvigatelning pasportida quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:

  • Pn — nominal quvvat, kW;

  • cos ϕn — nominal quvvatining koeffitsiyenti;

  • In — elektr dvigatelning nominal toki, A;

  • Un — elektr dvigatelning nominal kuchlanishga mo‘ljallangani, V.

Elektr dvigatelning nominal bo‘lgan foydali ish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:


bu yerda: Pn — nominal quvvat, kW; Un — nominal kuchlanish, V; In — nominal tok,A Shuni aytish kerakki, elektr dvigatelning ishini nazorat qilishda uning yuklantirish koeffitsiyenti Ky asosiy hisoblanadi.
Korxonalarning elektr energiyasini sarflash balansi
Korxonalarda elektr energiyasini sarflashni nazorat qilish uchun balans tuziladi. Bunda har bir mashina, mexanizm, yoritish va isitish asboblari hisobga olinadi. Balansning asosiy moddalariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish uskunalarining elektr energiyasi sarflashi;

  • uskunalarning uzatuvchilarida energiyaning yo‘qolishi;

  • havoni tozalab, namlab turuvchi qurilmalarda energiyaning sarflanishi;

  • ishlab chiqarish xonalari, me’yorlashga qo‘shilgan xonalar, sexlarni yoritishga sarf bo‘ladigan elektr energiya;

  • yordamchi xonalar, omborxonalarni yoritish uchun sarf- lanadigan, me’yorga kiritilgan energiya;

  • ishlab chiqarishga aloqasi yo‘q xonalar;

  • ishlab chiqarishga yordamchi xonalar;

  • iste’molchilarni elektr bilan ta’minlaydigan elektr tarmoqlarida elektr energiyaning yo‘qolishi;

  • sexlarning ichidagi elektr tarmoqlarida yo‘qolgan elektr energiya;

  • korxonaning transformatorida yo‘qoladigan elektr energiya miqdori.

Shuni aytib o‘tish kerakki, agarda korxona ishlab chiqaradigan mahsuloti uchun belgilangan me’yorlarni ko‘proq sarf qilib qo‘ygan taqdirda, mahsulotning narxi oshib ketadi. Shuning uchun har bir tadbirkor, mutaxassis elektr energiyasini tejash qoidalarini bilishi lozim.


Download 39.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling