Elektr energiyasini tejash


Download 39.28 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi39.28 Kb.
#1268739
  1   2   3
Bog'liq
elektr energiyani tejash(1)


Aim.Uz

ELEKTR ENERGIYASINI TEJASH
Elektr energiyasini tejashni tashkil etish
Тexnika va texnologiya taraqqiy qilib borgan sari tabiat manbalaridan tejam bilan foydalanish masalasi tug‘iladi. Elektr energiyasi tannarxini kamaytirishda elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda dunyo miqyosida elektr energiyasini tejash tajribasi bor. Elektr energiyasini juda kam miqdorda sarflaydigan texnika va texnologiya uskunalari, mexanizmlari va uy-ro‘zg‘or asboblari ishlab chiqarilmoqda. Elektr stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining ko‘p miqdori iste’molchiga yetib borguncha yo‘qolib ketadi. Elektr energiyasining joylarda yo‘qolishi taxminan quyidagicha:

Shuning uchun iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda va elektr tarmoqlarini rivojlantirishda undan maksimal ravishda ratsional foydalanishga ahamiyat berish zarur. Shuni alohida qayd etish kerakki, sanoat, transport, qurilish va qishloq xo‘jaligida taxminan 30 % elektr energiya foydasiz sarflanadi. Agarda O‘zbekistonda elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanilsa, har bir milliard kilovatt-soat ishlatilgan energiya hisobiga 100 million kW/soat elektr energiyasini tejab qolish mumkin. Bu, har yili tejalgan 100 million kW/soat elektr energiya hisobiga 50 ming tonna yonilg‘ini tejash mumkin. Bulardan tashqari, elektr stansiyalarning kapital qurilishiga sarf bo‘ladigan materiallar, xomashyolar tejaladi. Shuning uchun ham elektr energiyasini tejamli ravishda sarf qiladigan uskunalar, mexanizmlar ishlab chiqarishga ahamiyat berilishi kerak.
Elektr energiyasini sanoatda tejash
Korxonalarda elektr energiyasidan foydalanishni to‘g‘ri hisoblash amalga oshirilsa, tejashda ko‘p masalalarni yechish oson bo‘lardi. Agarda korxona har bir sexda elektr energiyasi hisoblagichlarini o‘rnatsa, u holda chiqarilgan mahsulotning tannarxi to‘g‘ri aniqlanadi. Korxonadan boshqa iste’molchilar elektr energiyasini olsalar, ularga ham alohida hisoblagichlar o‘rnatish zarur, aks holda ularning sarf qilgan elektr energiyasi mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bulardan tashqari, yordamchi sexlar va bo‘limlar, ta’mirlash-mexanikaviy ustaxonalar, suv isitish qozonlari va avtomobil saroylari va boshqa qurilmalarga alohida hisoblagichlar o‘rnatilishi zarur. Asosiy ishlab chiqarish uskunalari elektr energiyasi bilan alohida ta’minlanishi kerak. Elektr energiyasidan foydalanishda har bir ish joyini nazorat qilib borish kerak. Undan foydalanishda har bir tayyorlangan mahsulot uchun elektr energiyasini me’yorlash zarur.
Elektr dvigateldan foydalanishda uning yuklantirish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:

Download 39.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling