Электр хавфсизлиги


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

4.4. Brigada tarkibi 
Brigadadagi ishchilar soni va uning tarkibi, ularning elektr xavfsizligi 
bo‗yicha guruhini hisobga olgan holda, ish bajarish sharoitiga, hamda brigada 
a‘zolari ustidan ishboshining nazorat qilaolish imkoniyatiga qarab belgilanadi. 
Ishboshi rahbarlik qilayotgan brigada a‘zolari II guruhga ega bo‗lishi shart. 
Ish kuchlanish ostida bajariladigan bo‗lsa, III guruhga ega bo‗lishi kerak. Texnika 
xavfsizligi qoidalariga asosan, havo elektr uzatish tarmog‗ida bajariladigan ishlar 
bundan mustasnodir. Bunday ishlarni elektr xavfsizligi bo‗yicha IV guruhga ega 
bo‗lgan ishchilar bajarishi zarur. 
Elektr xavfsizligi bo‗yicha III guruhga ega bo‗lgan har bir brigada a‘zosiga I 
guruhga ega bo‗lgan bir ishchi biriktirilishi
mumkin, lekin I guruhli brigada 
a‘zolarining umumiy soni uch kishidan oshmasligi kerak. 
Texnika xavfsizligi qoidalarida ko‗zda tutilgan ayrim ishlarni farmoyish 
bo‗yicha bir ishchi (yakka o‗zi) bajarishi mumkin. Navbatchi o‗zidan yuqoridagi 
navbatchining ruxsati bilan naryadga kiritmasdan, tezkor dispetcherlik jurnalida 
qayd qilib, ta‘mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin. 
Brigada tarkibini o‗zgartirish naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada 
ishni bajarish uchun naryad berish huquqiga ega bo‗lgan boshqa xodimga ruxsat 
etiladi. Brigada tarkibini o‗zgartirish to‗g‗risidagi ko‗rsatma telefon, radio yoki 
chopar orqali ishlashga ijozat beruvchiga, ish rahbariga yoki ishboshiga berilishi 
mumkin. Ular o‗z imzosi bilan ushbu o‗zgartirish to‗g‗risidagi ko‗rsatmani bergan 
xodimni tasdiqlab, uning ism-sharifi va familiyasini nar-yadda yozib qo‗yadi. 


62 
Brigada tarkibini o‗zgartirish jarayonida yuqorida qayd etilgan talablarni 
buzilishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. 
Ishboshi brigada tarkibiga qo‗shilgan yangi ishchilarga yo‗riqnoma be-rishi 
shart. Ish rahbarini yoki ishboshini almashtirilganda, hamda brigada tarkibini 
yarmidan ko‗proq qismi o‗zgartiriladigan bo‗lsa, yangi naryad berilishi lozim. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling