Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Alohida ko„rsatmalar»
- «Talab qilinmaydi»
ulagich o„rnatilsin» deb yozilishi zarur.
2 katakda, shuningdek ishboshi tomonidan ta‘mirlanayotgan havo elektr uzatish tarmog‗i bilan kesishgan yoki uning yaqinidan o‗tgan havo elektr uzatish tarmog‗iga o‗rnatilishi kerak bo‗lgan yerga ulagich joyi ham ko‗rsatilishi kerak. Agar ushbu havo elektr uzatish tarmog‗i boshqa korxona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning «Alohida ko„rsatmalar» degan qatoriga, boshqa korxona xodimlari tomonidan o‗rnatiladigan yerga ulagichni tekshirish zarurligi 56 ko‗rsatilishi kerak. 15. Naryadning 1-jadvaliga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak bo‗lgan kommutatsion apparatlar bilan bajariladigan ish jarayonlari kiritilishi zarur. Ish joyini tayyorlash jarayonida sxemaga o‗zgartirishlar kiritish bilan bog‗liq bo‗lgan qayta ulashlar (taqsimlovchi uskunalarda bir ulamani o‗chirib, boshqa shinalar tizmasiga o‗tkazish, tarmoq maydon qismini bir manbadan ikkinchi manbaga o‗tkazish va hokazolar) jadvalga yozilmaydi. 16. Tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat et-uvchiga, naryad berish paytida oldindan tayyorlangan ish joyiga brigadani qo‘yish topshirilgan hollarda, naryadning 1-jadvalini 2 katagiga naryad beruv-chi ish joyini tayyorlash uchun zarur bo‗lgan o‗chirilishi va yerga ulagich qo‗yilishi kerak bo‗lgan ish bajarish jarayonlarini yozib, ushbu ish jarayonlaridan qaysilari bajarib qo‗yilganini ko‗rsatib qo‗yishi kerak. Ish joyini tayyorlash talab qilinmaydigan ishlarda, naryadning 1-jadvali kataklariga «Talab qilinmaydi» deb yozib qo‗yiladi. 17. «Alohida ko„rsatmalar» qatoriga quyidagilar yoziladi: - ishchilarning xavfsizligini ta‘minlovchi qo‗shimcha choralar (to‗siqlar o‗rnatish, ish bajarilayotgan xonalarda vodorod yo‗qligini tekshirish, yong‗inga qarshi xavfsizlik choralari va hokazolar); - ish rahbarini uzluksiz nazorat olib boriladigan ishning bosqichlari yoki alohida ish bajarish jarayonlari; - agar naryad kuzatuvchi nomiga rasmiylashtirilsa, brigadani nazorat qilayotgan shaxs, javobgar shaxsdir; - ish rahbariga yoki ishboshiga (kuzatuvchiga) brigadani bir ish joyidan boshqa ish joyiga ko‗chirishga va ish joyiga qayta ijozat etishga ruxsat berish; - elektr uskunalarini barchasini yoki ayrim qismini (ayrim kommutatsion apparatlarni) navbatchidan ko‗rsatma yoki ruxsat olmasdan turib yoqishga ruxsat berish; - yerga ulagichni vaqtinchalik olishga ruxsat berish; - kommutatsion apparatlar bilan ish bajarish jarayonini, ishboshiga ruxsat 57 berish; - kran bilan yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‗chirishda, ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxs tayinlash; - boshqa korxonalarning havo elektr uzatish tarmoqlariga qo‗yilgan yerga ulagichlarni tekshirish zarurligi to‗g‗risida ko‗rsatma (naryad-ijozat to‗ldirish haqidagi ko‗rsatmaning 14-bandi). Naryad beruvchining xohishiga ko‗ra, ushbu qatorga ishni xavfsiz baja-rish bilan bog‗liq bo‗lgan qo‗shimcha tadbirlarni ham yozishga ruxsat etiladi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling