53
6. Agar naryadni to‗ldirishda jadvaldagi bo‗sh qatorlarga va matnga yozish
uchun joy yetmasa, yozuvni davom ettirish uchun
naryad beruvchining imzosi,
hamda naryadning asosiy nusxasidagi tartib raqami bilan, unga qo‗shimcha naryad
blanki biriktiriladi. Bunda naryadning asosiy blankidagi jadvallarning oxirgi
qatoriga yoki yozuvni davom ettirish kerak bo‗lgan
matni oxirida,
«Qo„shimcha
naryadga qaralsin» degan yozuv yozilishi kerak.
7. «Bo„linma» deb, ko‗rsatilgan qatorga elektr uskunada ish olib borish
lozim bo‗lgan korxonaning bo‗limi (seh, tuman, uchastka) ko‗rsatiladi.
8. Ish rahbari tayinlanmay
bajariladigan ishlarda «Ish rahbari» degan,
qatorga
«Tayinlanmaydi» deb yozib qo‗yiladi.
9. «Ijozat etuvchi» degan qatorda, tezkor-ta‘mirlash
xodimlari yoki
ishboshi tarafidan ijozat etuvchi huquqini o‗rindoshlik yo‗li bilan bajarishga
ta‘mirlash xodimlaridan tayinlangan shaxsning familiyasi ko‗rsatiladi.
Elektr uskunalarida ijozat etuvchi vazifasini navbatchi bajaradigan bo‗lsa,
«Ijozat etuvchi» degan qatorga, familiyasini ko‗rsatmasdan
«Navbatchi» deb
yozib qo‗yish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: