Электр хавфсизлиги
-ilova 18 yoshga to„lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish man qilingan og„ir va
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
2-ilova
18 yoshga to„lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish man qilingan og„ir va zararli mehnat sharoitlari bilan bog„liq ish va kasblar ro„yxati 18 yoshga to‗lmagan shaxslarni quyidagi og‗ir va zararli mehnat sharoit- larida ishlashga jalb qilish man etiladi: - issiqlik elektrstansiyalarining elektr uskunalarini, hamda qozon-turbina, yoqilg‗i kukuni tayyorlash, yoqilg‗i uzatish sexlarini, hamda gidroelektrstansiya mashina sexlarini, issiqlik avtomatikasi va o‗lchov uskunalarini, dispetcherlik va texnologik boshqaruv aloqa vositalarini ta‘mirlashda; - navbatchi energetik va elektrslesar, rele himoyasi energetiki, kontakt elektr tarmoqlari energetiki, stansioner radionazoratchi va radio uskunalari energetiki sifatida ishlash; - kuchlanish ostidagi tok o‗tkazuvchi tarmoqlarda ishlash; - kabellardagi (qo‗rg‗oshindan mufta va buyum tayyorlash, kabellardan 232 qo‗rg‗oshin qobig‗larini olib tashlash, qo‗rg‗oshin qobig‗li kabellarni barabanga o‗rash, trassa bo‗ylab tortish va xandaqlarga tashlash, issiq qorishmalar bilan ishlash, polietilen va polixlorvinil qobig‗li kabellardagi ta‘mirlash va kavsharlash ishlarida qatnashish; - tarkibida qo‗rg‗oshin va uni birikmalari bo‗lgan metallarni kavsharlash lampalari yordamida ulash ishlarida; - qo‗rg‗oshin akkumulyatorlarini zaryadlantirish va ta‘mirlash ishlarida; - elektr uskunalarini yuqori kuchlanish bilan sinash ishlarida; - kompressor uskunalari va kuchlanishi 1000 Voltdan yuqori bo‗lgan motor- larni ekspluatatsiya qilish ishlarida; - ishlatilgan moylarni tozalash (регенерация) ishlarida; - ustunlarni o‗rnatish va yiqitish, daraxtlarni kesish va ag‗anatish, hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlarida; - balandlikdagi ishlarda; - avtotransport vositalarini boshqarishda, yuk ko‗tarish mashina va mexa- nizmlarida kranchi, mashinist, traktorist, yuk iluvchi, yuk tashuvchi sifatida ishlash; - termit, gaz va elektr kavsharlash ishlarida; - pnevmatik asbob va qurilish-ta‘mirlash pistoletlarini ishlatish bilan bog‗liq ishlarda; - nitrobo‗yoq va nitroemal ishlatib, pulverizator yordamidagi bo‗yash va asfalt laklarini qo‗llash bilan bog‗liq ishlarda; - yog‗ochlarni antiseptik va yong‗inga chidamli birikmalar bilan shimdirish ishlarida; - yer osti inshootlarida va yer qazish ishlarida; - portlash xavfi bo‗lgan moddalarni saqlash, ishlatish va tashish bilan bog‗liq ishlarda; - balog‗atga yetmagan yoshlarga belgilangan me‘yorda, og‗ir narsalarni ishlatish va ko‗tarish bilan bog‗liq bo‗lgan ishlarda; - mahalliy navbatchisiz kuchaytirgich aloqa punktlari uskunalarini ta‘mirlash 233 va profilaktika ishlarida; 18 yoshgacha bo‗lgan, ixtisoslashtirilgan texnika bilim yurtlarining talabalari va umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining yuqori sinf o‗quvchilarini korxonalarda ishlab-chiqarish amaliyotini o‗tash davrida (ya‘ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kasb o‗rganish davrida), mehnat ta‘lim muhandisi va korxona (tashkilot) ishchi-xodimlari nazorati ostida, belgilangan ishlarda bir kunda 4 soatgacha ishlash uchun ruxsat etiladi. O‗qish muddati 3 yildan kam bo‗lmagan ixtisoslashtirilgan texnika bilim yurti va o‗rta ma‘lumot beruvchi maxsus bilim yurtlarini tamomlab, maxsus mutaxassis kasb o‗rganib, 18 yoshga to‗lmagan bilim yurti bitiruvchilari belgilan- gan ishlarda ishlash uchun, amaldagi mehnatni muhofaza qilish bo‗yicha, qoida va normalarga rioya qiluvchi, tajribali ishchi-murabbiylar rahbarligida, ruxsat etiladi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling