Elektr hisoblagichlari haqida asosiy ma'lumot
YANGI ELEKTR HISOBLAGICHLAR QANDAY AFZALLIKLARGA EGA?
Download 29.14 Kb.
|
1 2
Bog'liqUch fazlai elektor xisoblagichlarni tok transfarmatorlari orqali ulash va yuklamaga mos ravishda tanlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr energiyasi va tabiiy gaz aholining kundalik ehtiyojlari uchun eng zarur manbalardan hisoblanadi.
- O‘z-o‘zini nazorat qiladigan “aqlli” hisoblagichlar
YANGI ELEKTR HISOBLAGICHLAR QANDAY AFZALLIKLARGA EGA?
Avvalgi hisoblagichlarda sanoqli ma’lumotlar jamlangan bo‘lsa, tizimga ulanganlarida 40 taga yaqin ma’lumotni ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lib, xonadon sohibiga taxminan 25 yilgacha xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Elektr energiyasi va tabiiy gaz aholining kundalik ehtiyojlari uchun eng zarur manbalardan hisoblanadi. Ulardan samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish esa aholining ham vaqtini, ham naqdini tejashga xizmat qiladi. Prezidentimiz raisligida 14 sentyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimlarini to‘liq joriy etish masalalari tahlil etildi. Joriy yilning 28 sentyabrida Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qo‘yilgan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida ayni vaqtga qadar joylarda qariyb 4 million dona elektr hisoblagich o‘rnatilib, ulardan 2 milliondan ortig‘i joriy etilayotgan avtomatlashtirilgan tizimga ulandi. Energetika vazirligi tizimidagi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yil yakunigacha yana 3,5 million dona shunday hisoblagich o‘rnatilib, 2021 yil 1 martga qadar elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini to‘liq ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Mazkur jarayonlar 2021 yil 1 yanvardan boshlab elektr energiyasi hisobini to‘liq yo‘lga qo‘yish, to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirishni ta’minlash, tizim orqali aniqlangan xatoliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarini tashkillashtirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bir vaqtda olib boriladi. O‘z-o‘zini nazorat qiladigan “aqlli” hisoblagichlar Avtomatlashtirilgan tizim inson omili ta’sirisiz hisoblagich ko‘rsatkichlarini qayd etish, qarzdorlik mavjud bo‘lganda tarmoqdan ajratish, bartaraf etilgandan keyin unga qayta ulashning avtomatlashtirilgan mexanizmidir. Bugungi kunda iste’molchilarning mavjud elektr hisoblagichlarini joriy etilayotgan avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazishning imkoni yo‘q. SHu bois, respublikamizda yangi tizimga mos keluvchi elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Amaldagi elektr hisoblagichlarni yangisiga almashtirishda aholidan hech qanday ortiqcha xarajat talab qilinmaydi. Ularni olib borib, o‘rnatib berish ishlarining bari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari tomonidan bepul amalga oshiriladi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 522 million AQSH dollariga teng. Uning ilk bosqichi Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilib, 150 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan va Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oshirilmoqda. . Download 29.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling