Elektr isitish asboblari. Yoyli elektr payvandlash qurilmalari. Elektro dazmol


Dazmollashda mato tolalarini tashkil etuvchi


Download 37.75 Kb.
bet3/3
Sana02.02.2023
Hajmi37.75 Kb.
#1147188
1   2   3
Bog'liq
dazmol


Dazmollashda mato tolalarini tashkil etuvchi 
polimer molekulalarining bogʻlari kuchsizlanishi xossasidan foydalaniladi. Kengaygan mato dazmol vazni ostida kerakli (ushbu holdayassi) shaklga kelib, sovutilganda shu shaklni saqlab qoladi. Baʼzi mato (masalan, paxta) polimer bogʻlarini zaiflashtirish uchun suv kerak boʻladi. Ayrim matolar (masalan, neylon) esa dazmollashni deyarli yoki umuman talab qilmaydi.
Tarixi


Oʻtmishda ishlatilgan dazmollar choʻyan yoki boshqa zich metallardan tayyorlanib, alangatoshkoʻmir yordamida qizdirilar edi. Ilk dazmol qayerda va qachon ixtiro qilingani nomaʼlum; lekin ayrim manbalarga koʻra qadimgi Xitoyda choʻgʻ toʻldirilgan yassi tovoq bilan mato tekislashni bilishar edi.[2] Zamonaviy dazmollarga oʻxshaydigan dastali qurilmalar esa XVII asr oʻrtalarida paydo boʻldi. Avvalboshda tancha, koʻmir issigʻi bilan qizdirilgan bunday dazmollar keyinchalik tabiiy gazkerosinspirt kabi suyuq yoqilgʻilar energiyasidan isitiladigan boʻldi.
Dazmolni qizitish uchun elektr energiyasidan foydalanish fikri 1880-yillar boshlarida paydo boʻldi. Ilk elektr dazmol 1882-yili Henry W. Seely ismliNew Yorklik ixtirochi nomiga patentlandi.[3] Elektr dazmol oʻtkazuvchi unsurning qarshilik natijasida ajraladigan issiqlik hisobiga qiziydi (baʼzi elektr dazmol modellarida isitish manbai sifatida elektr yoyidan foydalanilar edi; biroq bu juda xavfli boʻlgani uchun bunday dazmollar keng tarqalmadi). Haroratini termostat bilan sozlash mumkin boʻlgan dazmollar 1920-yillar oxirida paydo boʻldi. Sal oʻtib bugʻ chiqaruvchi dazmol ixtiro qilindi.
Dazmol taxtasi
Dazmollash uchun tayanch taxtalari dazmollash jarayoni bilan bir vaqtda paydo boʻlgan boʻlishi mumkin (biroq, baʼzi qadimgi dazmollash usullari bunday taxtadan foydalanishni taqozo etmay, tekislanayotgan matoni bir necha kishi tortib, ushlab turishar edi).[5] Maxsus dazmol taxtalariXIX asrda patentlana boshlandi. Shunday patentlardan biri 1858-yilning 16-fevralida W. Vandenburg va J. Harvey tomonidan olindi.[6]
Download 37.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling