Elektr mexanikasi va texnologiyalari


Download 1.41 Mb.
bet11/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

O 60 120 180 240 300 3600

3.12 – rasm. Uch fazali KAI chiqish kuchlanishini impuls kengligini o‘zgartirib rostlash jarayonidagi tiristorlarning holatlari, liniya (a) va faza kuchlanishlari (b) o‘zgarishlari diagrammalari


Tok avtonom invertori to‘liq bo‘lmagan boshqariluvchi yarim o‘tkazgichlarda bajarilishi mumkin (3.13a – rasm). TAI yuklanishga parallel ulangan kondensator S ning vazifasi, bir juft tiristorlar ulangan holatda bo‘lganida ikkinchi juft tiristorlarning o‘chiq holda bo‘lishi uchun ularga boshqariluvchanlik xususiyatlarini tiklanish davri oralig‘ida manfiy kuchlanish bilan to‘siq hosil qilishdan iboratdir. Manbadan chiqayotgan tokning pulsatsiyasini kamatirish maqsadida TAIning kirish qismiga yetarli darajeada induktivlikka ega bo‘lgan reaktor ulanadi. Agar kondensatorni ham yuklanishning bir qismi deb qaraydigan bo‘lsak, yuklanish tokining formasi to‘g‘ri burchakli formada bo‘ladi (3.13b – rasm). Yuklanishdagi kuchlanish formasi yuklanishning xarakteriga bog‘liqdir. Invertorning kirish qismidagi kuchlanishning manfiy ishorali qismi vaqt oralig‘ida tiristorlarning yopiq holatiga to‘g‘ri keladi.



3.13 – rasm. Bir fazali TAI sxemasi (a) va uning kuchlanish va tok diagrammasi (b)

Shunday qilib, KAIlarning asosiy afzalligi kuchlanishning yuklanishga bog‘liq emasligi, balki tiristorlar kommutatsiyasining tartibiga bog‘liqdir. TAIlarda tiristorlar kommutatsiyasining tartibi tok formasini belgilaydi, kuchlanishning formasi yuklanishning xarakteriga bog‘liq bo‘lganligi sababli invertorlarning chiqish tavsiflari 3.14– rasmda tasvirlanganidek bo‘lib, KAI ning tashqi tavsifi abssissa o‘qi Iyuk ga parallel bqladi, ya’ni Uyuk = Ye (1 – to‘g‘ri chiziq). TAI ning tashqi tavsifi-ning matematik ifodasi quyidagi ko‘rinishga ega:




, (3.1)

bu yerda Uyukva Iyuk – yuklanish kuchlanishi va tokining birinchi garmonik tashkil qiluvchilarining haqiqiy qiymatlari; – yuklanishning quvvat koeffisenti. (3.1) dan ko‘rinib turibdiki, manba kuchlanishining o‘zgarmas qiymatida yuklanishdagi kuchlanish quvvat koeffisientiga teskari proporsional bo‘ladi. Yuklanishda tok qiymatining kamayishi natijasida ham kamayada, natijada yuklanishdagi kuchlanish qiymati oshadi (2 – to‘g‘ri chiziq). Yuklanish tokining oshishi esa oshishi va birga intilishi natijasida ga intiladi.



3.14 – rasm. Avtonom invertorlarning tashqi tavsiflari

Sun’iy kommutatsiya qurilmalari tiristorli avtonom invertorlarning zarur qismlaridan bo‘lishi bilan bir qatorda invertorning rostlash xususiyatlarini, energetik va ishonchlilik darajalarini ko‘p jihatdan belgilaydi. Quyida amaliyotda keng qo‘llaniladigan sun’iy kommutatsiya sxemalarining ikki xilini ko‘rib chiqamiz.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling