Elektr mexanikasi va texnologiyalari


– rasm. Varikaplarning shartli belgilanishlari


Download 1.41 Mb.
bet4/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

6 – rasm. Varikaplarning shartli belgilanishlari:
a – varikap; b – bir katodli ikki (v) uch varikapli matrisa

Varikaplar kontur chastotsini avtomatie tazda sozlash ishlarida generator va geterodinlar chastotalarini o‘zgartirishda ishlatiladi.


Signal chastotsini ko‘paytiruvchi varikaplar varaktor deb ataladi. Asosiy ko‘rsatkichlari: varikapning aslligi, stg‘imini o‘zgartirish koeffisienti, umumiy sig‘imi.
Fotodiodlar. Ayrim moddalarga yorug‘lik tushganda, energiya modda atomlari tomondan yutilib, elektron – kovak juftini hosil qiladi. Bu moddadan yasalgan material uchlariiga kuchlanish berilsa, elektronlar bir tomonga, kovaklar ikkinchi tomonga harakat qiladi. Yorug‘lik intensivligi oshishi bilan tok kuchi ham ortib boradi.
Fotoelektrik qurilmalarda yorug‘lik ta’sirida kuchlanish hosil bo‘ladi. Fotodiodlar – yorug‘lik ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi qurilma sifatida ishlatiladi.
Yorug‘lik diodlar – bu bir yoki bir necha n-p o‘tishga ega bo‘lgan diod bo‘lib, undan tok o‘tganda o‘zidan yorug‘lik chiqaradi. Bu diodda tok tashuvchi zarrachalar elektronlar va kovaklardan iborat bo‘lsa-da, elektronlarning miqdori kovaklarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Elektronlar p sohadan r-sohaga o‘tish davomida, bir energetik sathdan ikkinchisiga o‘tadi. Elektronlar r-sohada kovaklar bilan rekombinatsiyalanib o‘zlarining ortiqcha energiyalarini yo‘qotadi. Bu energiya nur sifatida namoyon bo‘ladi. Tok ortishi bilan yorug‘lik intensivligi ham ortadi. Chiqayotgan nur kengroq fazoga taqsimlanishi uchun diodning nur chiqayotgan sohasiga ixcham linza ham o‘rnatiladi. Diod materialiga qarab undan chiqayotgan nurning rangi ham har xil bo‘ladi.
Yorug‘lik diodlari yorug‘lik indikatorlari, optoelektron asboblarida nurlanish manbai, kinofototexnikada va avtomatik qurilmalarda keng qo‘llanlishi bilan bir qatorda, hozirda energiya tejamkor yoritish vositalari sifatida ko‘cha va uylarning va ko‘cha yoritish lampalari sifatida hamda ko‘cha reklama shchitlarida ham qo‘llanilmoqda. Fotodiod va yorug‘lik diodlarning shartli belgilanishi 7 – rasmda keltirilgan.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling