Elektr motorlari, kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi
Download 38.25 Kb.
|
atrabotka tb 2
TOK TRANSFORMATORLARI.
Tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amlariga ulangan zanjirlarni (simlarni) uzish qat’iyan man qilinadi. Agarda bu zanjirlarni uzish zaruriyati tug‘ilgan taqdirda, avval uzish kerak bo‘lgan erdan oldinroq joyga (tok transformatori tarafga qarab) tok transformatori tomonini maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirib qo‘yilishi shart. Maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirishni bajarayotganda dastasi izolyasiyalangan asbobdan foydalanish zarur. Tok transformatorlarida yoki uning ikkilamchi chulg‘amlariga ulangan zanjirlarda ish bajarilganda quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinadi: - tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘ami, unga ulanishi kerak bo‘lgan zanjirlardagi montaj ishlari tamom bo‘lgunga qadar, qisqa tutashtirib qo‘yilishi shart. Montaj qilingan zanjirlari tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amiga ulangandan keyin qisqa tutashtirgich yaqinroqdagi qisqichlar yig‘imiga ko‘chirilishi va u faqat hamma montaj ishlari batamom bitirilib, montaj qilingan zanjirlarni to‘g‘ri ulanganligini tekshirib chiqilgandan keyingina olib tashlanishi zarur; - tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amiga o‘lchov asboblari ulangandan keyingina, uni birlamchi chulg‘amiga qutblarni tekshirish uchun impuls beriladi. Tok transformatorlarini birlamchi chulg‘amini montaj va kavsharlash ishlarini bajarish uchun tok o‘tkazuvchi sifatida qo‘llash qat’iyan man qilinadi. Foydalanilgan adbiyotlar: 1.Maruza darslari. 2.Aim.uz sayti. 3.wikipedia.org sayti. 4.fayllar.org sayti. 5.Ziyo.net.uz sayti. Download 38.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling