Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Rеjа
Download 20.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqElektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lchash usuli
- O’lchash deb
3. O’lchash haqida tushuncha.
O’lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o’lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan qiymati bilan o’zaro solishtiriladi. Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki, birinchidan, o’lchash har xil kattaliklar to’g’risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan – o’lchash jarayonida o’lchanadigan kattalikning o’lchov birligini ishlatilishidir. Demak, o’lchash jarayonida o’lchashdan ko’zda tutilgan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik va o’lchash ob’yekti ishtirok etadi. Shunday qilib, uchta tushunchani bir – biridan ajrata bilish kerak: o’lchash, o’lchash jarayoni va o’lchash usuli, O’lchash – bu umuman har xil kattaliklar to’g’risida informatsiya qabul qilish, o’zgartirish demakdir. O’lchash jarayoni – bu solishtirish eksperimentini o’tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo’lmasin). O’lchash usuli esa – bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o’lchash vositalari yordamida va eksperiment o’tkazishning aniq o’lchash algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. O’lchash natijasi – o’lchanayotgan kattalikning son qiymatini o’lchash birligiga ko’paytmasi tariqadisa ifodalanadi: X=n[x] O’lchashlar fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab, u aniq nomi bilan yuritiladi: elektr o’lchashlar, mexanik o’lchashlar, issiqlik o’lchashlar va h. k. Elektr o’lchashlar deganda elektr va magnit kattaliklarni, elektr zanjir parametrlarini va har xil noelektrik kattaliklarni o’lchash tushuniladi. Elektr o’lchashlar qator afzalliklarga egaki, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: masofadan va markazlashtirilgan o’lchashlarni olib borish imkoniyatiga egaligi. Bundan tashqari elektr o’lchashlar yordamida bir vaqtning o’zida har xil harakterdagi kattaliklarni o’lchash mumkinligi, o’lchash vositalarining kam inertsionligi, o’lchashni juda keng chastota diapazonida olib borilishi, avtomatik rostlash va boshqarish sistemalaridagi ba’zi masalalarni kompleks ravishda yechishning qulayligi va nihoyat, o’lchash natijalarida avtomatik ravishda har xil matematik operatsiyalar o’tkazish imkoniyatining mavjudligidir. Xulosa
Fan texnikaning rivoji (taraqqiyoti), xalq xo’jaligining barcha sohalaridagi taraqqiyot hamma vaqt o’lchashlar bilan chambarchas bog’liq bo’lib kelgan. Elektr o’lchash usullari va asboblari fan sifatida o’lchash usullari, o’lchash vositalari va ular yordamida har xil kattaliklarni o’lchash, o’lchash xatoliklari hamda ularga bog’liq va tegishli bo’lgan masalalarni o’z doirasiga oladi. O’lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o’lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan qiymati bilan o’zaro solishtiriladi. Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki, birinchidan, o’lchash har xil kattaliklar to’g’risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan – o’lchash jarayonida o’lchanadigan kattalikning o’lchov birligini ishlatilishidir. Download 20.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling