Elektr o'lchashlar fanining maqsad va vazifalari
Download 19.62 Kb.
|
1 2
Bog'liqeee
Reja: 1. Elektr o'lchashlar fanining maqsad va vazifalari 2. Elektr o'lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyati 3. O'lchashlar fanining rivojlanish tarixidan qisqacha ma’lumotlar Elektr o'lchashlar fanining maqsad va vazifalari Sanoat, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyoviy texnologiya va boshqa sohalardagi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnologik, agrokimyoviy va biologik nazorat bilan birga turli o'lchash ishlari ham olib boriladi. Shuning uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati boshqarishda qo‘llanilayotgan nazorat va o'lchash vositalariga bevosita bog'liq. Har bir yetuk mutaxassis o'z ish joyida texnologik jarayon parametrlarini, ularning o'lchash usullarini, o'lchash asbobiari va qurilmalarining texnik xarakteristikalarini bilishi kerak. Bakalavriatni tugatgan har bir kishi o'lchash asbobiari bilan ishlashda o'lchash sxemalari va asboblarini ishlatish bilan bog'liq bo'lgan bilim va malakaga ega bo'lishi, elektr, magnit, noelektrik kattaliklami bilishi, ularni o'lchashi, nazorat qilishi, o'lchash asboblarini to'g'ri tanlay olishi, xatoliklaming sababini aniqlashi lozim. Transport, issiqlik texnikasi, elektroenergetika, qishloq va suv xo'jaligi, geologiya va geofizika, tibbiyot, biologiya, atrof-muhit ekologiyasi sohalarida yuzaga keladigan muammolami yechishda turli parametrlami o'lchash va axborot olish sezilarli darajada murakkablashib bormoqda. Bu holat yangi o'lchash usullari va vositalarini yaratishni va birlamchi o'lchash o'zgartkichlari - datehiklarga, umuman olganda, o'lchash texnikasiga bo'lgan talabni kuchaytirmoqda. Shuning uchun o'lchash asboblarining texnik imkoniyatlarini hisoblash, texnika vositalari yordamida kengaytirish va turli sharoitlarga moslashtirish hozirgi o'lchash texnikasining dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda. «Elektr o'lchashlar» fani talabalarga elektromagnit hodisasi va jarayonlarini, elektr, magnit kattaliklar va parametrlarini hamda texnologik jarayonlarni boshqarishda yuzaga keladigan muammolami hal etishga imkon beradi. Metrologiya va elektr o'lchashlardan olingan bilim va ko'nikmalar kasbhunar kollejlarining elektrotexnik yo'nalishdagi talabalariga «Sanoat korxonalarining elektr jihozlari va qurilmalari», «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish», «Elektrotexnologiya» va boshqa fanlami o'zlashtirishlarida yordam beradi. «Elektr o'lchashlar» sanoat, qishloq va suv xo'jaligi hamda boshqa sohalar yo'nalishida bakalavr va mutaxassislar tayyorlashda o'qitilishi lozim bo'lgan fandir. Davlat ta’lim standartlari, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda, bu fan kollej talabalarida metrologiya va elektr o'lchashlar bo'yicha zarur va yetarli bo'lgan bilim hamda ko'nikmalami shakllantiradi. O'quv qo'llanmaning maqsadi elektrotexnika, elektroenergetika, radiotexnika va avtomatika cohalariga oid ta’lim yo'nalishida elektrik bakalavrlami tayyorlashga ko'maklashishdir. Talabalar fanni o'qish jarayonida elektr o'lchovlar, o'lchash asboblarining tuzilishi, ularning ishlatilishi va ta’mirlashning asosiy masalalarini o'rganadilar. Asboblaming texnik 5 xarakteristikalari va xususiyatlari, ulaming qiyoslash usullari hamda qoidalari bilan tanishadilar. «Elektr o'lchashlar» fanini o'rganish natijasida talabalar olgan bilimlari hamda tajribalarini ishlab chiqarishda qo'llashlari lozim bo'ladi. Har bir talaba bilimlarini respublikamiz oldida turgan o'ta muhim masalalami yechishga, jahon andozalariga mos keluvchi texnologik jarayonlarni samarali boshqarish hamda mahsulotlami ishlab chiqarishga safarbar etishi kerak. Download 19.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling