6-Mavzu. Elektroenergetika sanoati reja


Download 82.25 Kb.
bet1/3
Sana23.01.2023
Hajmi82.25 Kb.
#1112518
  1   2   3
Bog'liq
6-Mavzu. ELEKTROENERGETIKA SANOATI


6-Mavzu. ELEKTROENERGETIKA SANOATI
Reja:
1.Elektroenergetika sanoat tarmog’ining iarkibi va ahamiyati.
2. Elektroenergetikaning hududiy joylashuviga ta’sir etuvchi omillar.
3.Muqobil energiya manbalari.
4. Elektroenergetika sanoatning rivojlanish istiqbollari.


Elektroenergetika sanoati. Elektr energiya ishlab chiqarish elektroenergetika sanoatining eng taraqqiy etgan, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholi kundalik turmush tarzi uchun zarur bo’lgan tarmog’i hisoblanadi.
Elektroenergetika sanoati iqtisodiyotning negizi va texnika taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. Shuning uchun iqtisodiy rivojlangan va yangi sanoatlashgan mamlakatlarda uglevodorod xom ashyosining jahon miqyosidagi zahiralari kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan foydalanish jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Elektroenergetika sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga uzatish tarmoqlaridan tashkil topgan. U mamlakatlar yoki mintaqalar miqyosida sanoatni joylashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir ikki yo’nalishda sodir bo’ladi. Birinchi yo’nalish – elektr energiyani katta masofaga uzatish. Bu esa mamlakatning barcha hududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon beradi. Ikkinchi yo’nalish – ko’p va arzon elektr energiyasi hosil qiladigan hududlarda energiyani ko’p talab qiladigan sanoat tarmoqlarini joylashtirish. Ayrim sanoat tarmoqlari elektr energiyani ko’p talab qiladi. Bunday sanoat tarmoqlariga titan, alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab chiqarish kiradi. Masalan, bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20 ming kVt/soat elektr energiyasi talab etiladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa, bunday ishlab chiqarish ko’p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qog’oz ishlab chiqarish, mashinasozlik, mebel va to’qimachilik sanoati kiradi[4].
Elektroenergetika sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi:
a) yoqilg’i va gidroenergetika resurslari;
b) ishlab chiqarish va elektr energiyani uzatishning texnik taraqqiyoti;
v) iste’molchining hududiy joylashuvi. Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati shundan iboratki, elektr energiya ishlab chiqarish uni iste’mol qilish bilan bir vaqtga to’g’ri kelishi shart. Chunki, elektr energiyani saqlab bo’lmaydi.
Mamlakat iqtisodiyoti yohud mintaqa xo’jaligi uchun ishlab chiqarilgan energiya tannarxining past bo’lishi katta ahamiyatga ega. Elektr energiyaning tannarhi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan yoqilg’ini qazib olish va tashib kelishga ketadigan harajatga bog’liq.
O’zbekiston rivojlangan energetikatizimiga ega. O’zbekistonda elektr quvvatidan foydalanish asosan XX asr boshlariga to’g’ri keladi.
1930-yillar boshidan Chirchiq-Bo’zsuv GESlar kaskadi barpo etildi. O’zbekistondagi birinchi gidroelektr stantsiyasi – Bo’zsuv GES 1926 yilda ishga tushirilgan. Chirchiq-Bo’zsuv kaskadida gidroenergetika qurilishi tez sur’atlar bilan davom ettirilib, 1926-yildan 1940-yilga qadar mazkur kaskadning gidroelektr stantsiyalarida 67 ming kVt generator quvvatlari ishga tushirildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O’zbekiston energetika sistemasida quvvatlarni oshirish gidroelektr stantsiyalar qurilishi hisobiga amalga oshirildi. 1950-yilda O’zbekiston umumiy energetika balansida ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 64,3 foizi GESlar hissasiga to’g’ri keldi. Ushbu davrda respublika xalq xo’jaligining energiya ta’minoti Chirchiq va Sirdaryo daryolarining gidroenergetika quvvatiga bog’liq holda shakllantirildi.
XX asr ikkinchi yarmiga kelib O’zbekistonda juda boy tabiiy gaz zahiralarining topilishi elektr energiyasi ishlab chiqarishni keskin oshirish imkoniyatini yaratdi. 60-70-yillarda tabiiy gaz negizida ishlaydigan Toshkent, Navoiy, Taxiatosh, Sirdaryo GRESlari, Angren ko’mir koni bazasida ishlaydigan Angren GRESining ishga tushirilishi natijasida energetika quvvatlari umumiy balansida issiqlik elektr stantsiyalari (IES)ning hissasi 88 foizga yetdi. Elektr stantsiyalari qurilishi bilan bir vaqtda elektr tarmoqlari, elektr uzatish liniyalari va yirik sanoat markazlari va sanoat rayonlarida kichik stantsiyalar barpo etish davom ettirildi[3].
Respublika elektroenergetikasi gidroenergetika va issiqlik energetikasidan tashkil topgan.  
Gidroenergetika. Mamlakat energetika sistemasida jami 27 GES bo’lib, ularda o’rnatilgan quvvatlar 1420 MVt ni tashkil etadi. Ularda 2016 yilda 6,9 mlrd.kVt/s. elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Uning umumiy elektr energiya ishlab chiqarishdagi ulushi 12 foizga teng bo’ldi1.
O’zbekiston gidroenergetika sanoatining taraqqiyoti Chirchiq, Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Pskom, Qoradaryo, Shahrixonsoy daryolari va To’palang, Tuyamo’yin, Chorvoq, Andijon, Hisarak, Ohangaron suv omborlari bilan chambarchas bog’liq.
Issiqlik energetikasi. 1960 – yillarda respublikada elektr energiyasi hosil qilishni ko’paytirish, asosan, tabiiy gaz asosida ishlaydigan yirik IESlarni ishga tushirish yo’nalishida olib borildi. Yirik IESlar qurilishi natijasida O’zbekiston energetika sistemasining o’rnatilgan quvvatlari 11,3 ming MVt ga yetdi. Qurilishi davom etayotgan Yangi Angren, Tolimarjon va Farg’ona mintaqasi uchun juda ahamiyatli To’raqo’rg’on GRES lari istiqbolli loyihalar hisoblanadi. IESlarda 51,8 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi hosil qilindi.
O’zbekistonda 2000-yilda jami 46,9 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2016-yilda esa 59,1 mlrd.kVt/soatga yetkazildi. Bu davr ichida uning o’sish sur’atlari 126,0 foizni tashkil etdi. 2017 yilda 60,1 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi hosil qilindi.


Download 82.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling