6-Mavzu. Elektroenergetika sanoati reja


-rasm. O’zbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish, mlrd. kVt/s hisobida


Download 82.25 Kb.
bet2/3
Sana23.01.2023
Hajmi82.25 Kb.
#1112518
1   2   3
Bog'liq
6-Mavzu. ELEKTROENERGETIKA SANOATI

6-rasm. O’zbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish, mlrd. kVt/s hisobida
Mamlakat energetika sistemasi umumiy o’rnatilgan quvvati 11,5 mln. kVt bo’lgan 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stantsiyalarida yiliga 60 mlrd. kVt/soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, Rossiyaning “Rusatom” kompaniyasi bilan atom elektr stantsiyasini barpo etish bo’yicha amaliy ishlar bajarilmoqda. Natijada respublikada elektr energiyasi 20 foizga ortishi hisob-kitob qilinmoqda.
O’zbekiston energetika sistemasining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyb 228 ming km ni tashkil etadi. Hozir respublika energetika tizimida 50,6 ming kishi ishlaydi. Bu sanoat tarmoqlaridagi barcha ishchi-xizmatchilarning 7,3 foiziga teng, demakdir. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, ularning soni va salmog’i 2012 yilda 46,5 ming kishiga yoki 6,9 foizga teng bo’lgan.
Elektroenergetika sanoatida issiqlik elektr stantsiyalarining mavqei yuqori bo’lib, hosil qilinadigan energiyaning asosiy qismini IES lar beradi. Ular orasida Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Yangi Angren vaTolimarjon GRES lari eng yiriklaridir. 2016 yilda 59,1 mlrd. kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarilgan bo’lsa, uning 51,8 mlrd. kVt/soati yoki 88,0 foizi issiqlik elektr stantsiyalariga to’g’ri keladi2.
Respublikaning barcha mintaqalarda elektr energiya hosil qilinadi (birgina Jizzax viloyati bundan mustasno). Shunday bo’lishiga qaramay elektr energiyaning asosiy qismi Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ishlab chiqariladi. Jumladan, 2016 yilda Toshkent viloyatida respublika bo’yicha eng ko’p, ya’ni 19379,5 mln. kVt/soat elektr energiyasi hosil qilindi3. Bu butun respublikada ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 1/3 qismiga yaqini, demakdir. Toshkent viloyatida katta quvvatga ega bo’lgan Yangi Angren, Angren, Toshkent GRES laridan tashqari, Chirchiq – Bo’zsuv sistemasida barpo etilgan 19 ta GES lar kaskadi ham o’ziga xos o’rin tutadi.
Respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarishda Toshkent viloyatidan keyingi o’rinni Sirdaryo viloyati egallaydi. Mazkur viloyatga mamlakat elektr energiyasining 29,4 foizi to’g’ri keladi. 2016 yilda viloyatda 17373,5 mln. kVt/soat elektr energiyasi hosil qilindi4. Uning asosini viloyatdagi eng yirik sanoat korxonasi – Sirdaryo GRES i tashkil etadi.
Respublika miqyosida Navoiy (9259,7 mln. kVt/soat), Qashqadaryo (7344,3 mln. kVt/soat) viloyatlarida ham ko’p elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ularning hissasi mos ravishda 15,7 foiz va 12,4 foizni tashkil etadi.
Aksincha, Jizzax (0,01 mln.kVt/soat), Namangan (0,4 mlrd. kVt/soat), Samarqand (6,3 mlrd. kVt/soat) va Buxoro (6,8 mlrd. kVt/soat), viloyatlarida juda ham kam elektr energiya ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham bu viloyatlarning respublikadagi ulushi 0,1 foizga ham yetmaydi.
Bugungi kunda Yer sharida uglevodorod energiya manbalari tobora kamayib bormoqda. Buning natijasida energiya taqchilligi yuzaga kelish xavfi kuchaymoqda. Bu xavfni bartaraf etish uchun noan’anaviy energiya manbalardan foydalanishni taqazo etmoqda.


Download 82.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling