6-Mavzu. Elektroenergetika sanoati reja


-rasm. Mintaqalar bo’yicha elektr energiyasi ishlab chiqarish, mln. kVt/soat


Download 82.25 Kb.
bet3/3
Sana23.01.2023
Hajmi82.25 Kb.
#1112518
1   2   3
Bog'liq
6-Mavzu. ELEKTROENERGETIKA SANOATI

7-rasm. Mintaqalar bo’yicha elektr energiyasi ishlab chiqarish, mln. kVt/soat

Respublika sharoitida noan’naviy elektr manbalari hisoblangan quyosh va shamol elektr stantsiyalari, kichik gidroelektrstantsiyalar qurish maqsadga muvofiq. Negaki, mamlakatimiz agroiqlimiy resurslarga boy. Respublikada tabiiy gaz va ko’mir zahiralari shunday qazishda davom etsa 40-50 yilga yetishi mumkin. Shuning uchun noan’anviy energiya manbalaridan, birinchi navbatda Quyosh energiyasidan foydalanish eng istibolli yo’ldir. Negaki, respublikaga bir yilda kelayotgan quyosh energiyasi miqdori 30 mlrd. t. ko’mir energiyasiga teng.


Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O’zbekistonda ham no’anaviy energiya manbalaridan foydalanish, ayniqsa, Quyosh energiyasidan foydalanish borasida qulay imkoniyatlarga ega. Negaki, serquyosh o’lkamizda yilning qariyb 300 kuni quyoshli bo’ladi. Quyosh energiyasidan foydalanish iqtisodiy-texnik va ekologik jihatdan eng samarali yo’l hisoblanadi.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013-yil 1-martda qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida ushbu sohani yanada rivojlanishga keng imkoniyat yaratadi5. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasida Xitoy Xalq Respublikasining «Suntech Pover Co.» kompaniyasi bilan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 100 MVt quvvatli fotoelektrik panellar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega Quyosh fotoelektrik stantsiyasini barpo etish noan’anaviy elektr manbalaridan foydalanish bo’yicha dastlabki yirik loyihalardan biriga aylandi.
Ma’lumki, respublikamiz hududining 70 foizdan ortig’ini tekisliklar, asosan Qizilqum, Mirzacho’l, Orolbo’yi Qoraqumi, Qarshi, Markaziy Farg’ona, Surxon-Sherobod cho’llari egallaydi. Ular o’lkamizda Quyosh va shamol energiyasidan foydalanish uchun istiqbolli sharoitlar yaratadi.
O’zbekiston hududida Qo’qon, Bekobod, afg’on, tog’-vodiy, fyon kabi mahalliy shamollar ko’proq esadi. Kuchli shamollar respublikamizda tog’ oraliq botiqlaridan tekislikka chiqish joylarida kuzatiladi. Farg’ona vodiysidan «Xo’jand darvozasi» orqali Mirzacho’l tomon «Bekobod» shamoli esadi. U yiliga o’rta hisobda 52 kun kuzatiladi. «Qo’qon» shamoli yiliga o’rta hisobda 53 kun esadi. “Bekobod” shamolining tezligi yozda sekundiga 15-25 metrga, qishda esa sekundiga 30-40 metrgacha yetadi. Xo’jand darvozasining har ikkala tomonida yiliga o’rta hisobda 40-60 kun kuchli shamol esadi6.
O’zbekistonda barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish va aholining ehtiyoji ortib borishi elektroenergetika sanoatiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Elektroenergetika sanoatini yanada rivojlantirish uchun quyidagi ishlar qilinishi zarur:

  1. Yoqilg’i resurslari tugaydigan resurslar turiga kiradi. Shuning uchun ularning o’rnini yangi energiya manbalari egallaydi. Ular odatda noan’anaviy energiya manbalari (Quyosh, shamol va yerning ichki energiyasi, bioyoqilg’i) deb nom olgan bo’lib, ulardan rivojlangan mamlakatlarda keng foydalanilmoqda.

  2. O’zbekiston dunyoda ulkan imkoniyatlarga ega bo’lgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda tabiiy-iqlimiy resurslardan foydalanish va unga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda. Shuning uchun foydalanilmayotgan energiya manbalari, birinchi navbatda Quyosh energiyasining istiqboli yuqori. Mamlakatimizda quyoshli kunlar davomiyligi 300 kundan ortiq. Geliostantsiyalarini respublikaning deyarli barcha mintaqalarda, ayniqsa, Farg’ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlarida barpo etish yuqori samara beradi.

  3. Elektr energiyaning asosiy qismi Toshkent mintaqasida ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Afsuski, talab yuqori bo’lgan Farg’ona va Samarqand mintaqalarida juda kam elektr energiyasi hosil qilinadi. Shuning uchun bu mintaqalarda katta quvvatga ega bo’lgan IES lar qurish, daryolarga kichik GES lar barpo etish ma’lum darajada ehtiyojni qondirish uchun xizmat qiladi.

Kam energiya talab qiladigan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish va ommalashtirish zarur.

1Ўзбекистон саноати. – Тошкент, 2017. – Б. 106.

2Ўзбекистон саноати. – Тошкент, 2017. – Б. 106.

3Ўша манба. – Б. 112.

4Ўзбекистон саноати. – Тошкент, 2017. – Б. 112.

5Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2013 йил “Муқобил энергия манбаларини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ 4512 сон фармони // Ўзбекистон Респбликаси қонун хужжатлари тўплами. 2013 йил. 3-сон. 124-модда.

6Баратов П. Ўзбекистон табиий географияси. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 65-66, 191-192.

Download 82.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling