Elektr qurilmаlаridаn yongʼin chiqish sаbаblаri vа uning oldini olish chorаlаri


ELEKTR QURILMАLАRIDАN YONGʼIN CHIQISH SАBАBLАRI VА UNING OLDINI OLISH CHORАLАRI


Download 54.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi54.71 Kb.
#252686
1   2
ELEKTR QURILMАLАRIDАN YONGʼIN CHIQISH SАBАBLАRI VА UNING OLDINI OLISH CHORАLАRI

© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2021

va turiga, tarmoqdagi kuchlanishga bogʼliq va uni xisoblab topiladi yoki asboblarning koʼrsatmasiga asosan

topiladi.  Uzoq  vaqtli  ruxsat  etilgan  tokning  qiymati  oʼtkazuvchining  kesim  yuzasiga  va  materialiga,

yotqizish uslubiga, oʼtkazuvchining konstruktsiyasiga va atrof muhitning haroratiga bogʼliq. Uzoq vaqtli

ruxsat etilgan tokli yuklama simlarda va har turdagi kabellarda, yuqoridagilarga asoslanib, PUE (Pravila

ustroystva  elektroustanovok  -  UZGOSENERGONАDZOR,  Tashkent,  2011  g)  ga  asosan  sim  tolalarining

xavfsiz  qizish  hisobiga  (rezinali,  natriy,  polixlorvinil  himoya  qatlami  +650S;  qogʼoz  himoya  qobigʼida

+800S; himoya qatlamisiz +700S) asoslanib atrof muhit harorati +250S boʼlishi kerak. Yuklanishning

asosiy sabablari boʼlib: ishchi tokga simlar kesim yuzasining toʼgʼri kelmasligi; sim kesim yuzasini hisobga

olmasdan  koʼzda  tutilmagan  tok  qabul-qiluvchilarni  bir  tarmoqqa  parallel  ulash;  tarmoqdagi  kuchlani

shning meʼyordan pasayishi; atrof muhit haroratining koʼtarilishi va boshqalar. Yuklanishning oldini olish:

ruxsat etilgan (Iruxs) tokni ishchi (Iish) tokdan doimiy katta boʼlishini taʼminlash, yaʼni Iishchi < Iruxsat

etilgan;  oʼtkazuvchilarni  (simlar)  kesim  yuzasini  qizishga  asoslanib  toʼgʼri  tanlash;  katta  quvvatga

moʼljallangan isteʼmolchilarni bir tarmoqqa parallel ulamaslik; elektr simlarini, mashina va apparatlarni

sovushi uchun kerakli sharoitni yaratish, yaʼni PUEning 1-bobiga asosan ruxsat etilgandan toklaridan

ortmasligini  taʼminlash;  elektr  qurilmalarini  yuklamadan  zararlanishini  oldini  olish  uchun  eruvchi

saqlagichlar, avtomat oʼchirgichlar hamda rele va releli magnit ishga tushiruvchilarni qoʼllash. Katta oʼtish

qarshiligi - deb shunday qarshilikka aytiladiki, unda tok bir sim yuzasidan ikkinchi simga yoki simni

qandaydir apparatga ulash joylarida, apparatlarning kontakt qismlarida hosil boʼlgan qarshilikka aytiladi.

Yuklamali tok oʼtganda bunday joylarda vaqt birligi ichida issiqlik ajralib chiqadi, issiqlikni qiymati tokning

kvadratiga  va  oʼtish  kontakti  boʼlgan  joy  qarshiligiga  toʼgʼri  proportsional.  Аgar  qizigan  kontaktlar

yonadigan  materialga  tegsa,  unda  yongʼin  chiqish  mumkin,  portlash  xavfi  bor  tizim  boʼlsa  uchqun

oqibatida portlash sodir boʼlishi mumkin. Shuning uchun ham oʼtish qarshiliga boʼlgan joylarni aniqlash

qiyin, himoya apparatlari ham tarmoq va qurilma uchun boʼlsada, lekin yongʼin hosil boʼlishini ogohlantira

olmaydi, chunki zanjirda tok oʼtmaydi, oʼtish qarshiligi boʼlgan joyda qizish qarshilik oshganligi tufayli hosil

boʼladi.  Kontaktlardagi  oʼtish  qarshiligining  qiymati  materialning  turiga,  geometrik  formadan  va

oʼlchamlaridan kontakt yuzasining ishlov berish darajasidan, kontaktlarning bosim kuchiga va oksidlanish

darajasidan olinadi.

  Аyniqsa, oksidlanish intensiv ravishda nam muhitda tezroq amalga oshadi, shuning kimyoviy faol muhitda

va kontaktlarda 70-750S dan yuqori qizishida oʼtadi. Katta oʼtish qarshiligining kelib chiqishiga asosan:

ulash (kontakt) joylarining mustahkam bajarilmaganligi; ulash (kontakt) joylarining atrof muhit taʼsirida

zanglashi  va  qurum  bosishi;  kuyishi;  ulash  (kontakt)  joylari  materiallarining  toʼgʼri  tanlanmaganligi

(oksidlanishi) va shunga oʼxshashlar sabab boʼladi. Katta oʼtish qarshiligining oldini olish uchun uchun sim

va  kabellarni  ulash  joylarini,  apparatlarni  kontakt  qismlarini  mustahkamligini  (bolьtli,  kavsharlash,

payvandlash, presslash, qisqichlar orqali) taʼminlash; zang, qurum bosgan kontaktlarni tozalash; alyumin

va  mis  tolali  simlarni  ulashda  maxsus  qisqichlar  qoʼllash;  mis,  latun,  bronzadan  boʼlgan  kontaktlarni

oksidlanishdan saqlash uchun ularning ustki qismi yupqa simob, kumush bilan qoplash; sim tolalarini ulash

joylarini atrof muhit taʼsiridan himoyalash uchun izolyatsiyalash; kuygan kontaktlarni almashtirish va h.z.

Bundan tashqari ekspluatatsiya qilish jarayonida ulangan joylarni (kontaktlarni) doimiy nazorati qilib turish

lozim.


SAYFIDDIN JUMAEV,

FVV Аkademiyasi

«Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi»

kafedrasi boshligʼi oʼrinbosari

podpolkovnik.

S.KAZAKOV,

5-bosqich kursanti.

Download 54.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling