Elektr shlakli qayta eritish pechlari. Reja: Elektr shlakli qayta quyish qurilmasi. Vakuum yoy pechlari
–rasm. Simmetrik RTP qurilmasining almashtirish sxemasi
Download 267 Kb.
|
Elektr shlakli qayta eritish pechlari
3.9 –rasm. Simmetrik RTP qurilmasining almashtirish sxemasi
Hozirgi vaqtda prinsipial yangi, elektr energiyasidan foydalanuvchi progressiv texnologiyalar qatoriga elektron nurli, plazmali, impulsli, biologik membranali, kimeviy va boshqa texnologiyalar kiradi. Ular mehnat unumdorligini oshirishga, resurslardan foydalanish effektivligini oshirishga, ishlab chiqarishda energiya va materiallarni sarflanishini kamaytirishga imkon beradi. Elektr texnologiyalar ham shu progressiv texnologiyalar qatoriga kiradi. Elektrotexnologiya tushunchasida elektr toki, elektr yeki magnit maydonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatilishi ko‘zda tutiladi, ya’ni ularni energiyasini texnologik ob’ektga to‘ppa-to‘g‘ri keltirilib, uni ish zonasida energiyani boshqa turlariga aylantiriladi (issiqlikka, kimyoviy, mexanik, nur energiyasiga va boshqalarga). Bu jarayon berilgan texnologik vazifani bajarishni ta’minlaydi. Sun’iy yoritishsiz hozir birorta soxa ishlay olmaydi. Turli diapazonda nurlantirish ham keng qo‘llaniladi. Elektrotexnologiya xalq xo‘jaligini deyarli hamma soxalarida ilmiy-texnika taraqqietini belgilaydi. Elektrotexnologik usullarini qo‘llash ko‘p xollarda mehnat unumdorligini oshirishga, maxsulotni sifatini yaxshilashga, buyumlarni ishonchliligini oshirishga, mehnat sarflarini kamaytirishga, ishchi jarayonlarni avtomatlashtirishga, oldindan belgilab olingan xususiyatlarga ega yangi materiallar va maxsu-lotlarni olishga, texnologik jarayonlarni jadallashga, mehnat va materiallarni yaxshilashga va ishlab chiqarishni atrof muhitga ziyonli ta’sirini kamaytirishga olib keladi. Elektrotexnikani tez rivojlanishi va yetarli arzon elektr energiyani ishlab chiqilishi energiyani ko‘p iste’mol qiladigan elektrotexnik jarayonlarni rivojlanishiga olib keladi. Bular aluminiy ishlab chiqish (natijada aluminiy qimmatbaho material bo‘lmay qoladi), karborund va kalsiy karbitini ishlab chiqishi va yuqori sifatli po‘latlarni ishlab chiqilishidir. Elektr payvand kashf etilib, elektr yoyni elektrometallurgiyada, ya’ni metallarni rudadan elektr yoy pechlarida olish, mis va sinkni sanoat masshtablarida olish, yuqori chastotali tokni ishlov berilayotgan materiallarni o‘zida issiqlik chiqarish uchun ishlatish boshlangan. Download 267 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling