Elektr signali va uning turlari. Raqamli signallarni shakllantirish. Raqamli mikrosxemalarning turlari va shartli belgilari


Download 1.5 Mb.
bet1/6
Sana09.03.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1256221
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MA\'RUZA taqdimot


3-MA’RUZA. ELEKTR SIGNALI VA UNING TURLARI. RAQAMLI SIGNALLARNI SHAKLLANTIRISH. RAQAMLI MIKROSXEMALARNING TURLARI VA SHARTLI BELGILARI.
Ma’ruzachi: F.S.Irisqulov
Dars rejasi:
  • ELEKTR SIGNALI VA UNING TURLARI.
  • RAQAMLI SIGNALLARNI SHAKLLANTIRISH.
  • RAQAMLI MIKROSXEMALARNING TURLARI VA SHARTLI BELGILARI.

Tayanch iboralar: Analog signal, raqamli signal, elektr signallar, analog signal turlari, axborot uzatish tizimi, aloqa tizimi, signallar va ularning parametrlari, vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signallar, vaqt va sath bo‘yicha diskret signal, vaqt bo‘yicha uzluksiz va sath bo‘yicha diskret signal, vaqt bo‘yicha diskret va sath bo‘yicha uzluksiz signal, tasodifiy signallar, determinant signallar, Raqamli signalning afzalliklari, Raqamli signalning kamchiliklari, signal dinamik diapazoni, microsxemalar.

Ilm-fan, texnika va kundalik hayotimizda “axborot”, “xabar” va “signal” atamalaridan tez-tez foydalanib turamiz. Umuman axborot deganda biron-bir voqea, hodisa yoki ob’ektning holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Axborotni saqlash, unga ishlov berish va uzatishda turli shartli belgilar (harflar, matematik belgilar, rasmlar, so‘zlar, turli shakldagi tebranishlar va boshqalar) dan, ya’ni axborotni boshqa ko‘rinishda ifodalash usullaridan foydalaniladi.
Ma’lum bir shaklga keltirilgan axborot xabar deb ataladi. Misol uchun, telegraf xabarlarida axborot harflar va raqamlar orqali ifodalanadi. Ushbu belgilar to‘plami orqali xabar uzatiladi. Telefon aloqasi tizimlarida – bu inson qulog‘i yoki uni o‘zgartiruvchi asbob mikrofon menbranasi oldida bosimning uzluksiz o‘zgarishi orqali olinadigan tovushlar, Televideniye tizimida – bu elementlari yorug‘ligi va rangi o‘zgaruvchi tasvir. Ko‘p hollarda axborot ikkilik diskret shaklda, ya’ni uni aks ettirish uchun faqat shartli “1” va “0” simvollaridan foydalaniladi. Bunda uzatilayotgan xabar chekli miqdordagi ikkilik simvollar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi.
  • Elektr signali va uning turlari.

Signal (lot. signum) axborot, maʼlumot va boshqalarni muayyan masofaga uzatish uchun ishlatiladigan shartli belgi.
Axborotlarni kanal bo‘yicha uzatish uchun taqdim qilish shakli signal deb ataladi.
Biron-bir ko‘rsatkichi uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaruvchi fizik jarayon signal deb ataladi.
Signallar mexanik, issiqlik, yorugʻlik, elektr, elektromagnit, tovush va boshqa ko‘rinishlari boʻladi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling