Elektr signallar shaklini kuzatish va taxlil qilish. Signalning chastota-vaqt parametrlarini o‘lchash va spektrni taxlil qilish. O‘lchov signallarining generatorlari


Download 397.5 Kb.
bet11/20
Sana10.11.2023
Hajmi397.5 Kb.
#1763326
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
8 (3)

Тriggerlar
Тrigger yoki bistabil (ikki stabil) yarimo‘tkazgichli yacheyka – ikkita turg‘un holatga ega bo‘lgan kirish signallarining ta’sirida bir holatidan boshqa holatiga sakrab o‘tadigan qurilmadir. Тrigger holatlarining almashinining nomi bir qator sinonimlarga ega: tashlash, qayta ulanish.
Тriggerning asosiy vazifasi – raqamli axborotni xotirlab qolish (saqlashdir). Bir holatni 1 uchun, ikkinchi holatni esa 0 uchun qabul qilib, trigger sonning xonasini ikkilik kodda saqlaydi deb hisoblanadi. Raqamli axborotning bunday sxemada saqlanishi, triggerga boshqaruv signallari kelmagunicha yoki undan ta’minot kuchlanishi uzilmagunicha, har qancha uzoq davom etishi mumkin.
Integral triggerlar tuzilishi jihatidan triggerning o‘zidan va uning kirishlarini boshqarish sxemalaridan (kirish mantig‘i) iborat. Kirish mantig‘ining tuzilish prinsipiga bog‘liq ravishda turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan triggerlarni hosil qilinadi: RS, D, T, JK va boshqa triggerlar.
Boshqarish usuli bo‘yicha triggerlar asinxron va sinxron (takt­lanadigan) triggerlarga bo‘linadi. Asinxron triggerlarning uzib-ulanishi kirish signalining axborotli kirishga kelishi bilan ro‘y beradi. Sixnron triggerlar qo‘shimcha takt kirish C ga ega (C – clock – vaqtni qayd qilish).
Bir taktli (belgilanishi T) va ikki taktli (belgilanishi TT) yoki ikki bosqichli triggerlarni farqlanadi. Bir taktli triggerlar takt impulsning oldfronti bo‘yicha, ikki taktli triggerlar esa uning orqa fronti bo‘yicha uzib-ulanadi. Тriggerlar ikkita uzib-ulanishga ega: to‘g‘ri Q va invers  («ku emas» yoki «ku chiziq ostida» deb o‘qiladi). Тrigger Q=1 bo‘lganda bir holatda, Q=0, =1 bo‘lganda nol holatda bo‘ladi.
RS-trigger. 4.18-rasmda YOKI-EMAS mantiqiy elementlarda bajarilgan RS-triggerning mantiqiy sxemasi, shartli belgilanishi va rostlik jadvali ko‘rsatilgan.

4.18-rasm. Trigger. To’g’ri kirishli RS-trigger:
a) shartli belgilanishi; b) diodli ijrosi; d) rostlik jadvali
Тrigger bir holatga o‘rnatiladigan kirish S deb ataladi (inglizcha set – o‘rnatish), nol holatga o‘rnatiladigan kirish esa kirish R deb ataladi (reset – tashlab yuborish). Agar S=1, R=0 bo‘lsa, trigger bir holatgaS=0, R=1 da esa nol holatga o‘tadi. Kirishlarda man­tiqiy nollar o‘rnatilganda (S=0, R=0) trigger oldingi holatini saqlaydi. Bunday kirish signallari kombinatsiyasi neytral holat yoki xotira deb ataladi.
Agar kirishlarga bir vaqtda bir signallar kelsa (S=1, R=1), u holda ikkala chiqishda mantiqiy nollar Q=0,  =0 paydo bo‘ladi va trigger o‘z xossalarini yo‘qotadi, chunki ichki faktorlar ta’siri ostida u teng ehtimollik bilan bir holatga ham, nol holatga ham o‘tishi mumkin. Bunday kirish signallari kombinatsiyasi trigger uchun ta’qiqlangan bo‘ladi.
YOKI-EMAS elementlardan tuzilgan va bir signallar bilan uzib-ulanadigan RS-trigger to‘g‘ri kirishli trigger deb ataladi.
VA-EMAS bazaviy elementlarda yig‘il­gan RS-trigger invers kirishli trigger deb ataladi. VA-EMAS mantiqiy elementlarida yig‘ilgan RS-trigger to‘g‘ri kirishli trigger ishlab chiqa­radigan signallarni yaratish uchun uning kirish­lariga invers signallar berilishi lozim.
D trigger ikkita ki­rish­ga ega: axborot kirish D (delay – ushlab tu­rish) va taktli kirish C (4.19-rasm).

4.19-rasm. D-trigger.
Unda axborotning yo­zilishi kirish C ga fa­qat takt impulslar kel­ga­ni­dagina o‘tkaziladi (C=1). Bu holda chi­qish signali Q kirish D ni tak­rorlaydi: agar D=T bo‘l­sa, Q=1 va agar D=0 bo‘l­sa, Q=0.
T-trigger yoki sanoq triggeri faqat bitta axbo­rot kirishi Т ga ega (4.20-a rasm) va uning uzib-ulanishi navbatdagi kirish impulsi kel­gan onda ro‘y beradi. Т-trigger chiqish impulslarining takror­lanish davri kirish impulslarining takrorlanish davridan ikki marta katta (4.20-b rasm). Chiqish impulslarining kelish chastotasi bu holda ikki marta kamayganligi uchun Т-triggerlar chastota bo‘l­gichlarda keng ishlatiladi.

4.20-rasm. T-trigger:
a) belgilanishi; b) vaqt diagrammalari.
JK-trigger ikkita axborot kirishi J (jump – ko‘chirish), K (keep – saqlash) va takt kirishi C ga ega (4.21-a rasm). Agar sig­nal C=1 bo‘lsa, u holda JK-trigger to‘g‘ri kirishli RS-trigger kabi ishlaydi, bunda kirish J triggerni 1 holatga, kirish K esa 0 holatga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Signallar kombinatsiyasi J=K=1 endi JK-triggerlar uchun ta’qiqlangan emas, bu holda uning ag‘darilishi ro‘y beradi. Bu triggerning rostlik jadvali 4.21-b rasmda keltirilgan.

4.21-rasm. JK-trigger:
a) belgilanishi; b) rostlik jadvali.
JK-triggerda qo‘shimcha ikkita invers kirish va bo‘lib, uni 1 yoki 0 holatga majburiy o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bunda J, K va C kirishlarning holatlari mutlaqo ixtio‘riy bo‘lishi mumkin. Agar majburiy kirishlar va ning ta’sirini chiqarish lozim bo‘lsa, u holda ularga mantiqiy 1 ni beriladi, ya’ni tokni chega­ralovchi rezistorlarni mikrosxemaning ta’minot manbasiga ulanadi.

Download 397.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling