Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari mutaxassisligi


O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar


Download 1.67 Mb.
bet23/107
Sana03.12.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1801397
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Bog'liq
50710402 Электр станциялари фан дастурлари

O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar.





O‘quv dasturining nomi:

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

Ajratilgan soat:

60

Mavzular soni:

15

Dasturning maqsadi:

O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va mintaqa tarixining jahon tarixi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida bil`12456imlar tizimini shakllantirish. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini, hozirgi davrdagi san’at, arxitektura, shaharsozlik tarixi, me’morchilik va qurilish sohasidagi yutuqlar va ularning tarixiy ahamiyati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:

  • O‘zbekiston tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalarini bilish.

  • buyuk ajdodlarmizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat manbai sifatida foydalanish;

  • O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari haqida tushunchaga ega bo‘lish

  • talabalar insoniyatning bugungi kunga qadar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish bosqichlari sabablarini tarixiy voqea- xodisalar asosida o‘rganish;

  • tarixiy voqealar asosida voqealarning sababi, bahonasi, oqibatini tahlil qila olish;

  • Tarixiy voqealar ketma-ketligini tushuntirish, bir voqea ikkinchisiga, ikkinchisi uchinchisiga sabab bo‘lishini, jamiyat doimo rivojlanishda ekanligini, uning markazida esa doimo inson omili turishini idrok etish;

  • talabalarda o‘zlikni anglash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish;

  • talabalarni ilm-fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan paydo bo‘lganligini tarixiy dalillar asosida tushunishlariga erishish;

  • talabalarni tarixni o‘qish orqali xalqni nomi bilan emas, balki u yaratgan madaniyat, ma’naviyat orqali tanilishini anglash

  • O‘zbekiston tarixini davrlashtirishni o‘rganish.

  • Tarixiy manbalar va ularning turlari, ahamiyati haqida bilimlarga ega bo‘lish.

  • O‘zbekiston tarixi fanining komil inson tarbiyasidagi o‘rni va

rolini mohiyatini anglash

Bilim:

- tarix fanining kasbiy faoliyatdagi va shaxsning fuqarolik
pozitsiyasini egallashgadi o‘rni;




  • talabalarni tarixiy voqealarni analiz (voqelarni mayda tafsilotlarga bo‘lish), sintez (mayda voqelarni umumlashtirish), filtr (asosiylarini ajratib olish) yo‘li bilan tahlil qilish;

  • O‘zbekiston yangi tarixini yoritilish jarayonini o‘rganish va tahlil qilish;

  • mamlakat va soha rivojiga o‘z xissasini qo‘shgan shaxslarning hayoti yo‘llari va izlanishlarini o‘rganish;

  • sohani rivojlantirishda geosiyosat tamoyillari;

  • yaqin qo‘shnilar va boshqa chet el mamlakatlari bilan strategik aloqalar.




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling