Dastur nomi:
|
Elektr o‘lchash asboblari va elektr o‘lchashlar
|
Ajratilgan soat:
|
60
|
Mavzular soni:
|
15
|
Dasturning maqsadi:
|
O‘quvchilarga elektr o‘lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyati va ularning ishlatilishini o‘rgatish. Elektr o‘lchash sohasidagi o‘tkazuvchan materiallarni xususiyatlarini aniqlash, elektr o‘lchov asboblaridan to‘g‘ri foydalanish va ishlatiladigan mahsulotlarni tayyorlash, yarim o‘tkazgichlar va magnit
o‘tkazgichlarni turlarini ishlab chiqarish, elektr o‘lchash asboblarini manbaga ulash kabi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
|
elektr o‘lchash asboblarini ishlatish;
elektr o‘lchash asboblarini turlari va ishlatilishi;
elektr o‘lchov asboblarida ishlatiladigan mahsulotlarni tayyorlash;
yarim o‘tkazgichlar va magnit o‘tkazgichlarni turlarini ishlab chiqarish;
elektr o‘lchash asboblarini manbaga ulash ishlarini bajarish;
elektr parametrlarni raqamli o‘lchov asboblar bilan o‘lchash;
tok, kuchlanish va qarshilikni kompensatsion usulda o‘lchash.
|
Bilimlar:
|
elektr o‘lchov asboblari va elektr o‘lchashlar haqida tushuncha;
asosiy metrologik tushunchalar va ta’riflari;
o‘lchash va nazorat qilish vositalari;
hisoblash formulalari;
elektr o‘lchashlarning turlari va usullari;.
elektr o‘lchash vositalari va turlari;
o‘lchash xatoliklari;
o‘lchash o‘zgartirgichlar;
to‘g‘rilagichli o‘lchov asboblari;
analog o‘lchov asboblari;
raqamli o‘lchov asboblarini bilimga ega bo‘lishi kerak.
|
Ko‘nikmalar:
|
energetika tizimlarida elektr kattaliklarni o‘lchash;
elektr zanjir parametrlarini ko‘prikli sxema yordamida o‘lchash;
o‘lchash xatoliklarini aniqlash;
to‘g‘rilagichli o‘lchov asboblari bilan ishlash;
elektr parametrlarni analogli o‘lchov asboblar bilan o‘lchash;
elektr parametrlarni raqamli o‘lchov asboblar bilan o‘lchash;
tok, kuchlanish va qarshilikni kompensatsion usulda
o‘lchashni mustaqil bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
|
|