Elektr stansiyalarni parallel ishga qo‘yish (2-soat)


Download 24.83 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi24.83 Kb.
#1310781
  1   2
Bog'liq
9-laboratorya ishi


TO‘QQIZINCHI LABAROTORIYA MASHG‘ULOTI

ELEKTR STANSIYALARNI PARALLEL ISHGA QO‘YISH (2-soat)


Ishning maqsadi: Elektr Stansiyalarni paralel ishga tushirish sxemasini o’rganish va uning ishlash shartlarini o’rganish


9.1 Qisqacha nazariy malumotlar
Elektr stansiyalarda, aksariyat, bir nechta sinxron generatorlar o‘rnatilib, birgalikda ishlashi uchun parallel ulanadi (12.1-rasm). Shu bilan birga, barcha yirik elektr stansiyalar 110, 220 va 500 MV li elektr uzatish liniyalariga transformatorlar orqali ulanib, yagona elektr energetika tizimni hosil qiladilar.
Sinxron generatorlarni tarmoq bilan parallel ishlash uchun ulashda quyidagi shartlarni bajarish zarur: generatorning EYUK Er ning amplitudasi tarmoq kuchlanishi Uт ning amplitudasiga teng Er= Uт va albatta ularning fazalari mos bo’lishi shart; generator EYUKning chastota fг si tarmoq kuchlanishi сhastotasi fт ga teng (fг=fт ); generator stator chulg‘ami klemmalaridagi fazalar ketma-ketligi ulanayotgan tarmoq fazalari ketma-ketligi bilan bir xil bo‘lish. Bundan tashqari, generatorni tarmoqqa ulayotgan uch fazali ulagichning xar bir faza gubkalari orasidagi potensiallar farqi ulanayotgan onda minimal bo‘lishi shart.

9.1-rasm Sinxron generatorni paralel ishlashga ulash
Generatorni ushbu talablar qondirilish holatiga olib kelish sinxronizatsiyalash deyiladi. Ushbu shartlardan birortasini bajarmaslik, stator chulg‘amida katta muvozanatlovchi tok hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu toklarning xaddan ziyod katta qiymatlari avariya holatiga olib kelishi mumkin.
Sinxron generatorni parallel ishlash uchun tarmoqqa ulash yoki aniq sinxronizatsiyalash yoki o‘z-o‘zini sinxronizatsiyalash usullari bilan bajarilishi mumkin.
9.2 Aniq sinxronizatsiyalash usuli. Bu usulning mohiyati shundaki, generatorni tarmoqqa ulashdan avval, uni yuqorida keltirilgan barcha talablarga mutloq javob beradigan holatga olib kelinadi. Ushbu talablar bajarilgan onni, ya’ni sinxroni­zatsiya­lash onini sinxronoskop, deb nomlangan asbob yordamida aniqlanadi. Tuzilishiga ko‘ra, sinxronoskoplar strelkali (milli) va lampalilarga bo‘linidi. Teng tomonli uchburchak uchlariga joylashtirilgan, uch lampadan 1, 2, 3 (12.2-rasm) iborat bo‘lgan lampali sinxronoskop yordamida sinxron generatorni sinxroni­zatsiyalash jarayonini ko‘raylik.
Lampalarni 12.2,a-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha ulasak, sinxronizatsiyalash barcha shartlari uchchala lampalarning bir onda o‘chgan holatiga mos keladi. Bu onda ulanishi mo‘ljallanayotgan C1 va C1’ , C2 va C2’ hamda C3 va C3’ juft klemmalar orasidagi potensiallar farqi juda kichik bo‘ladi. Aynan shu onda generatorni tarmoqqa ulash mumkin. Biroq, lampalarning o‘chganligi juft klemmalar orasida potensiallar farqi nolga teng, degani emas. CHo‘g‘lanuvchi lampalar kuchlanishi nominal qiymatining 30% gacha bo‘lganda, lampa cho‘g‘lanmaydi.

9.2 Lampa sixronoskop
Shu onda, ya’ni shu kuchlanishlar farqida juft klemmalar ulansa, nisbatan katta muvozanatlovchi tok hosil bo‘ladi. buning oldini olish uchun, juft klemmalardan biriga voltmetr ulanadi. Sinxronizatsiyalash barcha shartlari bajarilib, voltmetr nolga yaqinlashganda, juft klemmalar ulanishi mumkin.

Download 24.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling