ELEKTR TA`MINOTI. MAVZU: “Elektr ta`minoti” faniga kirish. Elektr ta’minoti tizimlari haqida ma’lumotlar. Режа: 1. Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish, tarqatish va iste’mol qilish jarayoni. 2. Elektr ta’minot muammolari. 3. Energetikani rivojlanish darajasi. Adabiyotlar ro`yxati. - N. Usmonxo`jaev, B. Yoqubov, A. Qodirov, G`. Sog`atov “Elektr ta`minoti” darslik. Toshkent-2007.
- Saidxodjaev A.G. Shaxarlarni elektr ta’minoti masalalari. Darslik. Toshkent. ToshDTU-2006. 176 b.
- Kudrin B.I. Elektrosnabjeniya promishlennix predpriyatiy. Uchebnik. M.: Intermet Injiniring, 2005.-672 s.: il.
- Qodirov T.M., Alimov X.A. «Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti» O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2006
- Mustaqil ish mavzulari
- Kuchlanish og‘ishining iste’molchilarga ta’siri. -4 soat
- Hozirgi zamon avtomatlashtirilgan nazorat va rostlash tizimini o‘rganish. -4 soat
- Elektr energiyani hisobga olish qurilmalarini o‘rganish. -4 soat
12 soat Kirish. - Bu fanda elektr energiyasini iste`molchilarga tarqatish masalalari ko‘rib chiqiladi.
- Agar energotizimda, shaxar va qishloq elektr tarmoqlarida faqat 3 fazali 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok ishlatilsa, sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi bir fazali yoki uch fazali, turli chastotali va kuchlanishli o‘zgaruvchan tok ko‘rinishida, o‘zgartiruvchi podstansiyalardan olinadigan o‘zgarmas tok ko‘rinishida ishlatiladi.
Elektr ta’minoti taraqqiyotini qisqacha tarixi. - Elektr ta’minoti tarixi M.O.Dolivo-Dobrovolpskiy (1862-1919) tomonidan o‘zgaruvchan tokning uch fazali uzatish tizimini, uch fazali transformatorni yaratganidan boshlandi deyish mumkin.
- Bu sohaning muxim masalalari bo‘lgan sanoat podstansiyalarini yuklamalar markaziga yaqinlashtirish, elektr yuklamalarini hisoblash, elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash, reaktiv quvvatni o‘rnini qoplash va kuchlanishni rostlash va boshqalar 1950-60 yillarda A.S.Liberman, G.M.Kayalov, S.D.Volobrinskiy, I.A.Siromyatnikov, A.A.Fedorov, N.A.Melpnikov, L.A.Soldatkina, N.S.Afoninlar tominidan ishlab chiqildi.
«Elektr ta’minot» fanining asosiy vazifasi shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: - «Elektr ta’minot» fanining asosiy vazifasi shartli ravishda ikkiga bo‘linadi:
- Elektr iste’molchilarni ishonchlilik darajasiga ko‘ra uzluksiz elektr energiya blan ta’minlash.
- Elektr ta’minot tizimini iqtisodiy, ya’ni kamxarajat va kam isrof ishlash rejimlarini ta’minlash.
Elektr qurilmalarni ishlatish qoidalari(PUE)ga asosan eletkr energiya iste’molchisi va elektr energiya bilan ta’minlovchi (ET) korxona va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar har yil ikki tomon tasdiqlovchi shartnoma asosida amalga oshiriladi, bu shartnomada: - Elektr qurilmalarni ishlatish qoidalari(PUE)ga asosan eletkr energiya iste’molchisi va elektr energiya bilan ta’minlovchi (ET) korxona va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar har yil ikki tomon tasdiqlovchi shartnoma asosida amalga oshiriladi, bu shartnomada:
- Sanoat korxona va ET o‘rtasidagi elektr tarmoq chegarasi. Taqsimlovchi elektr tarmoqni qaysi qismi ET va qaysi qismi korxonaga taluqliligi aniqlanadi.
- E’lon qilingan quvvat, ya’ni bir yil choraklar (kvartal) bo‘yicha elektr tizimning eng kata iste’mol vaqtidagi maksimal (yarim soatlik) quvvat.
- Bir yil va oylar bo‘yicha elektr energiyani iste’moli cheklangan qiymati (limit).
Elektr energiyasini uzatishda quyidagi isroflar farqlanadi: - 1. Hisobot (mavjud) isroflar, tarmoqga chiqarilgan elektr energiya bilan puli to‘langan elektr energiya farqi orqali aniqlanadigan isroflar.
- 2. Texnik isroflar yoki elektr energiyasini uzatishda EUY ning texnik parametrlari (uzunligi, kesim yuzasi, kuchlanishi va sh.o‘.) bilan aniqlanadigan isroflar.
- 3. Tijorat isroflari, Hisobot va texnik isroflarning farqi Bilan aniqlanadigan isroflar.
- Texnik isroflar yuklama tufayli vujudga keladigan, salt ishlash isroflari, toj razryad isroflari va quyidagi o‘zgarmas isroflarga bo‘linadi.
- -podstantsiyalarning o‘z ehtiyoji isroflari
- -qoplovchi uskularda bo‘ladigan isroflar;
- -reaktordagi isroflar;
- -ikkilamchi zanjirlardagi isroflar.
Do'stlaringiz bilan baham: |