Elektr tarmoqlari hisobining asosiy turlari
Elektr energiya sarfini hisoblash usullari
Download 73.02 Kb.
|
Elektr tarmoqlarida elektir yuklamalarini hisoblash
Elektr energiya sarfini hisoblash usullari.
1. Agar korxona, sex uchun bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun solishtirma elektr energiya sarfi natural ko‘rinishda ma’lum bo‘lsa, (t, m, m3 x.k.z.) yillik aktiv energiya sarfi quyidagicha aniqlanadi: M - yillik mahsulot hajmi. 2. Agarda solishtirma energiya sarfi bo‘lmasa, ammo smenaning nisbiy yuklanishi haqida ma’lumot bo‘lsa, yillik aktiv energiya sarfi quyidagicha aniqlanadi: Bu yerda, T1, T2, T3, T4 – birinchi 2, 3 va 4 smenalardagi ish soatlari yoki ayrim smenalarning bir yillik ish vaqti fondi. 2,3,4 – kam yuklangan 2, 3 va 4 - smenalarning yuklanish darajasini hisobga oladigan koeffitsientlar bo‘lib, ayrim smenalardagi quvvat maksimumini eng ko‘p yuklangan birinchi smenadagi quvvat maksimumiga nisbati: C1 =11,05 – yakshanba va bayram kunlarida ishlashni hisobga olib boradigan koeffitsient. C2 =0,8 0,9 – bir oy davomida quvvat o‘zgarishini hisobga oladigan koeffitsient. 3. Bundan tashqari, yillik aktiv quvvat sarfi quyidagicha aniqlanishi mumkin: Tyil - korxona yoki sexning bir yillik ish fondi (haqiqiy ish soati); Pnom - elektr iste’molchilarini quvvati; Po’rt.yil - o‘rtacha quvvat; α - texnologik ma’lumotlar asosida energiya iste’molini smenalar bo‘yicha aniqlovchi yillik koeffitsiyent. α - koeffitsiyenti ayrim smenalarini tekis yuklanmasligini, yuklanishni mavsumiy tebranishini, hamda ishlab chiqarishni doimiy emasligini, yakshanba va bayram kunlari ishlashini hisobga oladi. 4. Loyiha ishini bajarish arafasida yillik elektr energiya sarfini taxminan quyidagicha aniqlash mumkin: Bu yerda, Tm - yuklama maksimumlarini bir yilda qabul qilinish vaqti; Pm - aktiv maksimal quvvat. 5. Yoritish qurilmalari uchun aktiv energiyani yillik sarfi: Bu yerda, Kt.yo - yoritish kurulmalarining talab koeffitsiyenti; Pnom.yo - yoritish kurulmalarining nominal quvvatlari yig‘indisi; Tm.yo - yoritish yuklamasi uchun quvvat maksimumini bir yildagi ishlatish vaqti. 6. Reaktiv energiyani bir yildagi sarfi quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlanadi: Bu yerda, Qo’rt. - eng og‘ir yuklangan smena uchun o‘rta reaktiv quvvat; Qm - maksimal reaktiv quvvat; tgφ2 - quvvat koeffitsiyentini bir yil davomidagi o‘rtacha qiymati bo‘yicha aniqlanadi; Tm.r - reaktiv energiya maksimumini bir yilda ishlatilish soati Download 73.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling